Peshku tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya etish va turli salbiy ta'sirlarga berilmaslik yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida kiberxavfsizlik masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Texnikum talabalari va xodimlariga internetdagi turli firibgarliklardan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi "Buxoro Smart Qalqon" hamda "APK Qo‘riqchi" mobil ilovalarining qulayliklari tushuntirildi va ularni smartfonlarga o‘rnatish bo‘yicha amaliy targ‘ibot ishlari olib borildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




