TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 147K subscribers
Post #125880 3.01K
Jondor tumanida yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Joriy yilning 1-oktabridan 1-noyabriga qadar yurtimiz bo‘ylab "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish" keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligining uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida Jondor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Targ‘ibot va profilaktika uchrashuvlari tumandagi umumta’lim maktablari, texnikumlar, o‘quv kurslari hamda yoshlar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida o‘quvchi yoshlarga giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning inson salomatligiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari va ularning kelajakka tug‘diradigan xavfi haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, o‘g‘il-qizlarning huquqiy hamda psixologik savodxonligini oshirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 8, 2026Transport vositasining davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlangan h…
  2. Oct 8, 2026https://www.youtube.com/watch?v=1NheztKq4Zo
  3. Oct 8, 2026Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishchi-xizmatchilariga “APK Qo‘riqchi” ilovasini yuklab…
  4. Oct 8, 2026"Ular banklar ishlamaydigan Hayit bayramidan ustalik bilan foydalanishdi": Kiberfiribgarla…
  5. Oct 8, 2026IIV 17-son JIEK xodimlariga “APK Qo‘riqchi” ilovasini yuklab olish va undan foydalanish bo…
  6. Oct 8, 2026Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida "Turmush" profilaktik tadbirlari doirasid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →