Litsey o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida ekspert-kriminalistning mutaxassis sifatida hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ishtiroki, dalillarni topish, qayd etish usullari hamda tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarida texnik-kriminalistik ta’minotni amalga oshirishi, natijasi boʻyicha sud fotografiyasi qoidalari asosida tuzilgan fotojadvallar amaliy ko‘rgazmali tarzda tushuntirildi. Mashg‘ulotda kriminalistik fotosurat va videotasvirlar orqali jinoyat tafsilotlarini hujjatlashtirish va ashyoviy dalillarni texnik qayd etish tartibi bo‘yicha dastlabki maʼlumotlar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




