TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 154K subscribers
Post #125463 3.7K
Buxoro shahrida "Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kunlik" profilaktik tadbiri o‘tkazildi
"Xavfsiz hudud — dolzarb 30 kunlik" oyligi doirasida Buxoro viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — hududlarda xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdir.

Muloqotlar davomida fuqarolarga Qo‘riqlash xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va afzalliklari tushuntirildi. Xususan, xonadonlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda boshqa turdagi obyektlarni ishonchli qo‘riqlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan aholiga zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalaridan samarali foydalanish, shaxsiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda turli jinoyatlarning oldini olish yuzasidan kerakli tavsiya va maslahatlar taqdim etildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  2. Oct 1, 2026Buxoro viloyati IIB mas'ullari ishtirokida IIV Akademiyasi kursantlari uchun onlayn mahora…
  3. Oct 1, 2026"USTOZ KIM?" ~~~~~~~~~~~~ ✍️Sheʼr muallifi: ABDUNABI HAMRO. 🎤Sheʼrni oʻqidi: SALOHIDDIN F…
  4. Oct 1, 2026Ustozlarga ehtirom: Buxoroda Qo‘riqlash xizmati faxriylari yo‘qlandi 1-oktabr — O‘qituvchi…
  5. Oct 1, 2026Buxoro viloyati IIBda ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi 1-o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →