O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil olayotgan kursantlar ishtirokida navbatdagi maxsus onlayn mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Unda akademiyaning 1-, 2- va 3-kurs kursantlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishning asosiy qismida Buxoro viloyati IIBning tajribali amaliyotchi xodimlari tomonidan sohadagi eng dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma'ruzalar taqdim qilindi. Xususan, profilaktika inspektorlari tomonidan ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxslarni Reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirish tartibi, bu borada PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlik hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha tushuntirib berildi.
Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etishda sohaviy xizmatlarning o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Navbatchilik qismiga kelib tushgan jinoyat va xabarlarni ro‘yxatga olish, hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqish hamda tergov-tezkor guruhining amaliy faoliyati xususiyatlari bo‘yicha tahliliy ma'ruzalar tinglandi.
Mashg‘ulot davomida Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPX bataloni komandirining 1-o‘rinbosari, Reabilitatsiya qilish markazi boshlig‘i, JQ TQX JQB O‘MIB tezkor vakil hamda Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari – Tezkor boshqaruv markazi boshlig‘i o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdilar. Ma'ruzachilar har bir mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi va xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xato-kamchiliklarga jiddiy e'tibor qaratdilar.
Tadbir so‘nggida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanib, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar. O‘zaro fikr almashish va amaliy misollar asosida o‘tgan ushbu onlayn mahorat darsi barcha ishtirokchilar uchun g‘oyat foydali va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube






