1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tizimda fidokorona xizmat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Videoselektor shaklida tashkil etilgan tadbir avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining soha xodimlari hamda faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB rahbariyati tomonidan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zining boy tajribasi bilan yosh kadrlarni yetishtirishda namuna bo‘layotgan ustozlarga boshqarmaning tashakkurnoma hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbirda kelajagimiz egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizga sifatli ta’lim-tarbiya berib kelayotgan IIV Buxoro akademik litseyining fidoiy o‘qituvchi-pedagoglari hamda viloyat IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkilotining jonkuyar tarbiyachilari ishtirok etishdi. Kasb bayrami munosabati bilan ularning ham mashaqqatli va sharafli mehnatlari alohida e'tirof etildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube






