#offtop
"Portlovchi peyjer" operatsiyasi
Livanda “Xizbulloh” harbiy tuzilmasi a’zolari foydalanigan peydjerlar butun mamlakat bo’ylab portlab ketgan. Natijada 2800 kishi jarohat olgan va 8 kishi vafot etgan. Mossadning kuchi va qudratini yana bir bor ko'rdik.
O‘n yillar davomida shakllantirilgan Hizbulloh obro‘si kecha deyarli barbod bo‘ldi. Tashkilot misli ko‘rilmagan va dahshatli hujumga duch keldi, og‘ir talafot ko‘rdi va agar zarbaga javob bermasa, uni ustidan kulishlari aniq. Javob bera oladimi? Ha.
Ularda ulkan raketa salohiyati mavjud. Ular allaqachon Isroil hududining 10 km ichkarisini ofat zonasiga aylantirgan bo‘lib, u yerdan 60 ming qochqin chiqib ketgan. Ular bu hududni keskin kengaytirishi va shunda qochqinlar soni 600 mingga yetishi ham mumkin.
Bundan tashqari, agar Isroil Livanga bostirib kirsa, ular dushmaniga jiddiy talafot yetkaza oladi, chunki ular Isroil mudofaa kuchlariga qarshi kurashga ixtisoslashgan professional partizanlar, ayniqsa, Livan janubidagi landshaftlar partizan urushi uchun juda qulay: past tog‘lar yoki o‘rmonli tepaliklar, ularning ostida esa Hizbullohning yer osti shaharlari joylashgan. Bu isroilliklar uchun G‘azodan ancha murakkabroq vaziyat degani.
Ammo ular keng masshtabli qarshi hujum qiladimi? Aytish nihoyatda mushkul. Hizbulloh uchun yana bir dahshatli yo‘qotishlarga tayyorligiga shubha bor.
Eng muhimi, Eron uchun Hizbulloh va uning raketa salohiyati - bu Isroilga ko‘rsatish mumkin bo‘lgan so‘nggi koziri. Bu Isroilni Eronning yadroviy va raketa sanoatini bombardimon qilmaslikdan saqlab turgan muhim faktor. Eron hozir o'zi yaratgan va milliardlab mablag‘ sarflagan bu loyihasini safarbar qilishga tayyor deb o'ylamayman.
@boredpandablog
Post #9454
1.58K
- 👍 5
- 🔥 1