XMO (Xalqaro Matematika Olimpiadasi) Judayam Odamiyligi haqida.
Tasavvur qiling 14-18 yoshlar atrofidasiz, balki yoshroq. Matematika o‘rganishga qiziqasiz. Nasib qilibdiki siz terma jamoaga saralanib, XMO ga boryapsiz. U yerda 600 ta tengdoshlaringiz, dunyoning turli joylaridan kelishyapti, tanishyapsiz. Olimpiada misollarini yechyapsiz, shu haqida gaplashyapsiz. Ruhlanyapsiz yoki umumiy jarayon sizni o‘ylantiryapti. Yangi shahar ko‘ryapsiz balki yangi ovqat tanovul qilyapsiz. Leksiyalarga kiryapsiz, yangi orzular qilishni o‘rganyapsiz, olimlarga havas qilyapsiz. Yechimlardan hayron qolyapsiz.
Umumiy jarayondan faqat kuchliroq bo‘lib qaytyapsiz. Katta ehtimol bilan yangi marralar haqida o‘ylayapsiz. Muhandis, Iqtisodchi, yoki Olim bo‘lmoqchisiz (bo‘lmasam AI ni kim quradi!).
Nima demoqchiman, XMO – bu faqat misol yechish emas, va insoniyatning darajasini faqat XMO misollar bilan o‘lchamaydi. Bu – yoshlarni va fanni, iqtidorlar va tinchlikni nishonlaydigan ritual, bir necha yuzlab yoshlar umidlanib qaytib ketadigan festival! Unga borganlar ko‘pincha katta ishlar qilishadi.
Shunday murakkab ritualni OpenAI o‘zining jirkanch PR o‘yini bilan kelib
ruxsatsiz bulg‘ashi judayam yomon. Bir tarafdan, XMO faqat masalalar va yechimlar haqida emas. AI modellar oltinga chiqsa ham IMO davom etaveradi (va yaxshilanaveradi). Boshqa tarafdan, yopiq modellar haqida OpenAI jar solishi o‘ta pastkashlik, va faqat moliyaviy foydani o‘ylab qilingan o‘yin. E'tiborni o'ziga qaratish uchun ixtiyoriy narsadan foydalanishayapti va buni oqlab bo'lmaydi.