Post #973
3.69K
Mobile operatorlarga mazza sizlarga aytsam. Xohlasang va’da qilingan servis sifatiga tupurib qo’yasan. Xohlasang million xil pullik servislarga “avtomatik” ulab qo’yib keyin bir tiyinga qimmat operatorlaringga mijoz bu servislarga qanday ulandim desa bezrayib “bilmayman” deyishni tayinlaysan. Yana ko’proq soqqa qilaman desang mijoz ma’lumotlarini to’g’ri kelgan third-partyga sotasan. Bungayam qanoat qilmasang endi to’g’ridan to’g’ri telefon raqamga kelayotgan smslarni “tutib” qolib uniyam pullaysan (bu imenno Uzmobilega taalluqli). Leking birov miq demaydi, sababi xalq qo’ydek yuvosh, qo’ydek sodda.
- 👍 26
- 🍾 7
- 😢 4
- 😁 3
- 🤯 3