TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.6K subscribers
Post #970 2.69K

Forwarded from Tabiiy Intellekt

XMO (Xalqaro Matematika Olimpiadasi) Judayam Odamiyligi haqida.

Tasavvur qiling 14-18 yoshlar atrofidasiz, balki yoshroq. Matematika o‘rganishga qiziqasiz. Nasib qilibdiki siz terma jamoaga saralanib, XMO ga boryapsiz. U yerda 600 ta tengdoshlaringiz, dunyoning turli joylaridan kelishyapti, tanishyapsiz. Olimpiada misollarini yechyapsiz, shu haqida gaplashyapsiz. Ruhlanyapsiz yoki umumiy jarayon sizni o‘ylantiryapti. Yangi shahar ko‘ryapsiz balki yangi ovqat tanovul qilyapsiz. Leksiyalarga kiryapsiz, yangi orzular qilishni o‘rganyapsiz, olimlarga havas qilyapsiz. Yechimlardan hayron qolyapsiz.

Umumiy jarayondan faqat kuchliroq bo‘lib qaytyapsiz. Katta ehtimol bilan yangi marralar haqida o‘ylayapsiz. Muhandis, Iqtisodchi, yoki Olim bo‘lmoqchisiz (bo‘lmasam AI ni kim quradi!).

Nima demoqchiman, XMO – bu faqat misol yechish emas, va insoniyatning darajasini faqat XMO misollar bilan o‘lchamaydi. Bu – yoshlarni va fanni, iqtidorlar va tinchlikni nishonlaydigan ritual, bir necha yuzlab yoshlar umidlanib qaytib ketadigan festival! Unga borganlar ko‘pincha katta ishlar qilishadi.

Shunday murakkab ritualni OpenAI o‘zining jirkanch PR o‘yini bilan kelib ruxsatsiz bulg‘ashi judayam yomon. Bir tarafdan, XMO faqat masalalar va yechimlar haqida emas. AI modellar oltinga chiqsa ham IMO davom etaveradi (va yaxshilanaveradi). Boshqa tarafdan, yopiq modellar haqida OpenAI jar solishi o‘ta pastkashlik, va faqat moliyaviy foydani o‘ylab qilingan o‘yin. E'tiborni o'ziga qaratish uchun ixtiyoriy narsadan foydalanishayapti va buni oqlab bo'lmaydi.
  • 👍 8
More from @boboshersnotes
  1. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  2. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  3. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
  4. Sep 15, 2026Yandex to’lov tizimi 2-3 oydan beri stabil ishlamayotgandi o’zi, butun to’liq o’chibdi she…
  5. Sep 13, 2026AI giant CEOs and tech influencers who have pushed for the development of AI “at any cost”…
  6. Sep 11, 2026Spent almost an entire day to come up with the shittiest solution to https://spa-net.com/t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →