Tutorial Hell HaqidaDasturlashni endi boshlaganingizda, yoki boshqa tilni o'rganishni boshlaganingizda, "tutorial hell"ga tushib qolishingiz ehtimolligi katta.
"Tutorial hell" o'zi nima? "Tutorial hell"da siz tekst yoki video ko'rinishida tutorial topib, ko'r ko'rona avtor nimani qilishni aytsa o'shani qilish bilan vaqt o'tkazishingiz. Ya'ni siz uchun oldindan har qadam yozib qo'yilgan. Siz shunchaki "copy and paste" qilsangiz yetarli. Dasturingiz ishlab ketaveradi.
Natijada siz o'zingizni nimadir qilgandek his qilasiz va shunday tutoriallarni topib qilishda davom etasiz. Lekin o'zi asli ko'p narsa o'rganmagan bo'lasiz. Har bir qadamda sizga nima qilishni aytib turishlariga o'rganib qolasiz va oddiygina dastur yaratish so'ralsa qiynalib qolishingiz mumkin. Qo'pol qilib aytganda "tormoz" bo'lib qolshingiz mumkin.
Tanish holatmi?
Iloji boricha bu holatdan chiqishingiz kerak. Qanday qilib? O'zingiz qandaydir dasturcha qilishdan boshlang. Tutoriallarga qaramang. Har bir "feature"ni o'zingiz oldindan o'ylab, qurishga harakat qiling. Qo'pol qilib aytganda miyani ishlating. Shundagina sizda dasturlash skillari rivojlanadi. Ishga kirganda sizga har bir qadamni aytishga majbur bo'lishsa siz juniordan uyog'iga o'tolmaysiz.
Tajriba yo'q bo'lib qanday dasturlar qurish mumkinligi haqida
oldinroq gaplashgandik.
@jakhonrakhmon