TGViewer
Engineering Notes Engineering Notes @boboshersnotes · 2.61K subscribers
Post #66 284

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Tutorial Hell Haqida

Dasturlashni endi boshlaganingizda, yoki boshqa tilni o'rganishni boshlaganingizda, "tutorial hell"ga tushib qolishingiz ehtimolligi katta.

"Tutorial hell" o'zi nima? "Tutorial hell"da siz tekst yoki video ko'rinishida tutorial topib, ko'r ko'rona avtor nimani qilishni aytsa o'shani qilish bilan vaqt o'tkazishingiz. Ya'ni siz uchun oldindan har qadam yozib qo'yilgan. Siz shunchaki "copy and paste" qilsangiz yetarli. Dasturingiz ishlab ketaveradi.

Natijada siz o'zingizni nimadir qilgandek his qilasiz va shunday tutoriallarni topib qilishda davom etasiz. Lekin o'zi asli ko'p narsa o'rganmagan bo'lasiz. Har bir qadamda sizga nima qilishni aytib turishlariga o'rganib qolasiz va oddiygina dastur yaratish so'ralsa qiynalib qolishingiz mumkin. Qo'pol qilib aytganda "tormoz" bo'lib qolshingiz mumkin.

Tanish holatmi?

Iloji boricha bu holatdan chiqishingiz kerak. Qanday qilib? O'zingiz qandaydir dasturcha qilishdan boshlang. Tutoriallarga qaramang. Har bir "feature"ni o'zingiz oldindan o'ylab, qurishga harakat qiling. Qo'pol qilib aytganda miyani ishlating. Shundagina sizda dasturlash skillari rivojlanadi. Ishga kirganda sizga har bir qadamni aytishga majbur bo'lishsa siz juniordan uyog'iga o'tolmaysiz.

Tajriba yo'q bo'lib qanday dasturlar qurish mumkinligi haqida oldinroq gaplashgandik.

@jakhonrakhmon
  • 👍 2
More from @boboshersnotes
  1. Oct 7, 2026– How much customization do you need? – Yes
  2. Oct 5, 2026I pinch the airpods once, Youtube video on my laptop is paused. I pinch it again, the vide…
  3. Oct 5, 2026The smartest kids in Kazakhstan should not be doing AI or maxxing out Claude. AI products…
  4. Sep 28, 2026https://www.youtube.com/watch?v=9HIy5dJE-zQ
  5. Sep 22, 2026spa-net.com qiziq challange ekan, kun bo'yi "enter" bosishdan zerikkanda bosh qotirib ko'r…
  6. Sep 21, 2026Bizda odatda juma kunlarining ikkinchi yarmi ishga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →