Agar maqsad jihatidan to’g’ri joyda ishlatilsa, Go rostdan ham tez ishlaydi. Lekin aynan shu joyda xato qilmaslik kerak — ya’ni tilning o’rnini bilgan holatda ishlatish kerak. Go ishlatiladigan joyda Java’ga o’rin bo’lmasligi mumkin. Bundan tillarni solishtirish noto’g’ri fikrligi kelib chiqadi.
Sun’iy testlarda solishtirganda — albatta Go tez ishlaydi, o’rtada VM bo’lmagani hisobiga. Lekin bu degani Go Java’ni to’laqonli o’rnini bosa oladi degani emas.
Olma bilan bannani solishtirgandek gap. Ikkalasi ham meva, ikkalasi ham birdek shirin, lekin banan uzunchoq, olma yumaloq. Bu bilan olma qulayroq yoki banan qulayroq degan fikrga odamzod hech qachon bormaydi. O’z o’rnida ishtahasiga qarab birini yeb ketaveradi.
Post #73
381
Forwarded from Alisher Kosimov