Offtopic uchun uzr.
DTM va mandat haqida o'ta shaxsiy fikrlarim:
Rahbariyat aybdormi?
— Ha, va eng ko'p. Negaki, yaxshigina infrastruktura ko'tarish uchun DTMda yetarlicha mablag' bor.
Shunchaki kattagina server va yaxshi mutaxassislar jamoasini topish yetarli. To'laqonli JAMOA. Kuchli etwork engineer, backend engineer, security engineer, database engineer, sysadmin, ...
Katta ehtimol bilan sizlarda bu narsalarning hammasi uchun alohida mutaxassis yo'q. Masalan, siz backend developers va databasega bog'liq ishlarni ham o'zingiz qilasiz.
Dasturchilar aybdormi?
— Ha. Chunki, necha yillardan beri tizim faqat update qilinadi. Buglar fix qilinib yangi featurelar qo'shiladi.
DTM kabi katta tashkilot uchun monolithic server strukturasidan voz kechib allaqachon microservicesga o'tish payti kelmadimi?
Hatto rps eng katta bo'lganda ham 5-6 K dan oshishiga ishonmayman. Va bilishimcha DTMning serveri buncha stressni ko'tara oladigan darajada kuchli. Demak optimize qilish orqali ham natijani yaxshilash mumkin. Workerlar sonini ko'paytirish, database querylarni optimallashtirish(zarur bo'lsa, ORMdan voz kechish), cachingni yaxshilash. Shu bilan hammasi yaxshi bo'lsa, bu ajoyib, lekin muammo databasega borib taqalsachi? Sharding? Menimcha foydasiz.
Yaxshisi, yangitdan microservices strukturasini qurish kerak.
IMHO
Post #67
378
Forwarded from Bobosher Musurmonov
- 👍 4