Bilim – maʼlumotBilim – bu fakt, taʼrif, sana, formula. Boʻsh miya fikrlay olmaydi. Matnni tushunish uchun kontekst kerak. "Kutuzov chekindi" jumlasini tushunish uchun 1812-yilni bilish shart. Faktlarni bilmay turib tanqidiy fikrlash deyarli imkonsiz.
Amalda qanday?Dars taʼrif bilan boshlanadi.
Oʻqituvchi tushuntiradi, oʻquvchi yozib oladi.
Uyga vazifa sifatida nimanidir yodlash, qoidaga mos misollar ishlash beriladi.
Nazorat test, savol-javob, terminlar diktanti asosida oʻtkaziladi.
Asosiy urgʻu oʻquvchi maʼlumotni bilyaptimi degan savolga qaratiladi.
Kuchli tomonlariTez oʻrgatiladi.
Oson baholanadi.
Zaif oʻqituvchi ham bajara oladi.
Baholarni qisqa muddatda koʻtarib olish mumkin.
Zaif tomonlariMavzular va maʼlumotlar soni juda koʻpayadi.
Chuqurlik yoʻqoladi. Mavzu oʻtildi degani oʻquvchi tushundi degan maʼnoni anglatadi.
Bilim koʻchmaydi. Oʻquvchi test yechadi, lekin notanish vaziyatda ishlata olmaydi (yoki qiynaladi).
Tez unutiladi. Bogʻlanmagan, qayta ishlanmagan, churuqlashmagan fakt xotirada uzoq turmaydi.
@birgap