Bilim – qurib chiqiladigan tushuncha
Bilim uzatilmaydi, oʻquvchi uni oʻz boshida quradi degan qarash asosida shakllangan.
Bola darsga boʻsh miya bilan kelmaydi. Allaqachon oʻz nazariyasi bor, ammo u aksar hollarda notoʻgʻri boʻladi. Oʻqitish shu notoʻgʻri tasavvurni ochish va oʻzgartirish demak.
Amalda qanday?
Dars savol yoki muammodan boshlanadi.
Oʻquvchi taxmin qiladi.
Oʻquvchi tajriba, misol yoki manba orqali oʻz taxminini sinab koʻradi.
Oxirida oʻqituvchi taʼrifni umumlashtiradi yoki oʻquvchilarning oʻzlari chiqaradi.
Kuchli tomonlari
Bilim uzoq saqlanadi, chunki uni oʻquvchining oʻzi yaratdi.
Notanish vaziyatga koʻchadi.
Oʻquvchi qiziqadi.
Xato tasavvurlar aniqlanadi va tuzatiladi.
Zaif tomonlari
Sekin. Bitta tushuncha uchun ikki-uch dars ketib qolishi mumkin.
Oʻqituvchiga qiyin. U savolni oldindan loyihalashi, oʻquvchi qayerda qoqilishini bilishi kerak.
Nazoratsiz qolsa buziladi. "Oʻzi topsin" deb qoʻyilgan sinf koʻpincha hech narsa topmaydi.
Yodlash kamayadi, avtomatlashuv yoʻqoladi. Bu ayrim fanlar uchun xavf paydo qiladi (matematika, fizika, kimyo, tarix).
@birgap
Post #3893
4.83K
- 👍 11
- ❤ 2
- 💘 1