TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.44K subscribers
Post #3892 3.65K
Bilim – maʼlumot

Bilim – bu fakt, taʼrif, sana, formula. Boʻsh miya fikrlay olmaydi. Matnni tushunish uchun kontekst kerak. "Kutuzov chekindi" jumlasini tushunish uchun 1812-yilni bilish shart. Faktlarni bilmay turib tanqidiy fikrlash deyarli imkonsiz.

Amalda qanday?
Dars taʼrif bilan boshlanadi.
Oʻqituvchi tushuntiradi, oʻquvchi yozib oladi.
Uyga vazifa sifatida nimanidir yodlash, qoidaga mos misollar ishlash beriladi.
Nazorat test, savol-javob, terminlar diktanti asosida oʻtkaziladi.

Asosiy urgʻu oʻquvchi maʼlumotni bilyaptimi degan savolga qaratiladi.

Kuchli tomonlari
Tez oʻrgatiladi.
Oson baholanadi.
Zaif oʻqituvchi ham bajara oladi.
Baholarni qisqa muddatda koʻtarib olish mumkin.

Zaif tomonlari
Mavzular va maʼlumotlar soni juda koʻpayadi.
Chuqurlik yoʻqoladi. Mavzu oʻtildi degani oʻquvchi tushundi degan maʼnoni anglatadi.
Bilim koʻchmaydi. Oʻquvchi test yechadi, lekin notanish vaziyatda ishlata olmaydi (yoki qiynaladi).
Tez unutiladi. Bogʻlanmagan, qayta ishlanmagan, churuqlashmagan fakt xotirada uzoq turmaydi.

@birgap
  • 👍 10
  • 👏 5
  • ❤ 4
More from @birgap
  1. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
  2. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  3. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  4. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  5. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  6. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →