TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.43K subscribers
Post #3897 4.64K
“Soatdek ishlaydigan tizim kerak”. Bog‘cha bolalariga zo‘ravonlik nega to‘xtamayapti?

Shu yil yanvar oyida Chirchiqdagi ixtisoslashtirilgan bog‘chada imkoniyati cheklangan bolalar urib, kaltaklandi. Bir oydan keyin Farg‘onadagi davlat bog‘chasida 6 yoshli bolaning butun badani tok urishi oqibatida jiddiy kuydi. Iyulga kelib esa poytaxtdagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchilar shafqatsizlarcha qiynoqqa solingani ma’lum bo‘lyapti.

Bular – hozirgacha ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rinib qolgan holatlar. Yana qanchasi jamoatchilikdan yashirilgani yoki yopiq qolayotgani noma’lum. Ammo umumiy kartinada vaziyat yaxshi emasligi aniq. Boisi, ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda, birgina bolaga nisbatan qilingan zo‘ravonlik ham aslida ko‘p deb hisoblanadi.

O‘zbekiston bog‘chalarida bolalar zo‘ravonlikka uchrashining ildiz sabablari nimada? Nega tizimdagi nazorat va xavfsizlik mexanizmlari bunday voqealarning oldini ololmayapti? Jismoniy va buning ortidan ruhiy zarbalar olish bolaga qancha vaqt salbiy ta’sir ko‘rsatadi?

Gazeta Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Lola Berdiyeva, pedagog Shokir Tursun hamda oila psixologi Rozaliya Gabdulhakova bilan ayni mavzuni tahlil qilishga urindi. Batafsil.

Matn

Video
  • 👍 17
  • ❤ 3
  • ⚡ 3
  • ☃ 1
  • 🔥 1
More from @birgap
  1. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
  2. Sep 27, 2026Şunaqa payt “Qaşqirlar makoni” filmidagi Çaqirday kuç-qudratim bölsaydi, deb öylab qolasan…
  3. Sep 27, 2026Namangandagi boğçada bölgan voqeani ozroq örgandim. Xulosam: 1. Anavi “erkak” bir umrga qa…
  4. Sep 12, 2026Yangi alifboni işlatamiz endi. Alifbo özgarişi kerakmidi? – Ha. Hozirgi holatda özgarişi k…
  5. Sep 8, 2026Menimcha, pulga kuydik! Biz PISA jarayonlari boshlangandayoq aytgandik, ammo obroʻli bloge…
  6. Sep 7, 2026📢 SODIQ SCHOOL JAMOASIGA SAT O‘QITUVCHILARINI TAKLIF QILAMIZ! Sodiq School jamoasi SAT En…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →