TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3741 4.18K

Forwarded from Orif Tolib

Esseda ball yoʻqotmaslik uchun: xususiy oliygohlar nomi qanday yoziladi?

Milliy sertifikat va olimpiada esselarida koʻpchilik chalgʻiydigan nozik masala bor. Hozir koʻchada Alfraganus universiteti, Profi universiteti kabi reklamalarni koʻrib koʻzimiz oʻrganib qolgan. Lekin bu imlo jihatidan toʻgʻrimi?

Imtihonda ballingizni qirqib ketuvchi bu chigallikni yechamiz! 👇


1️⃣ Tavsifiy nomlar qoʻshtirnoqsiz yoziladi

Agar universitet nomi uning qayerda joylashgani yoki qaysi sohaga ixtisoslashganini bildirsa, bu oddiy soʻz birikmasidir. Faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi.

✅ Toshkent kimyo xalqaro universiteti

✅ Osiyo xalqaro universiteti


2️⃣ Shartli nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi

Eng koʻp xato qilinadigan joy! Agar oliygoh nomi ramziy soʻz, tarixiy shaxs yoki brend bilan atalgan boʻlsa, u albatta qoʻshtirnoqqa olinadi.

✅ “Profi” universiteti

✅ “Alfraganus” universiteti

✅ “Renessans” taʼlim universiteti

Chet tilidagi nomlar ham xuddi shunday: “University of Business and Science” Toshkent shahri filiali. Inglizcha nomdagi barcha mustaqil soʻzlar bosh harfda yoziladi.


3️⃣ Qisqartmalarda qoʻshtirnoq tushadi

Soʻz takrorlanmasligi uchun koʻpincha qisqartmalardan foydalanasiz. Bunda qoʻshtirnoq yozilmaydi:

✅ TKXU (Toshkent kimyo xalqaro universiteti)
✅ TIU (“Turan International” universiteti)

⚠️ Reklamaga ergashmang!

Bannerlarda nom qoʻshtirnoqsiz, hamma harfi kattada yozilishi mumkin (masalan: ALFRAGANUS UNIVERSITY). Bu dizayn xolos! Sizdan matnda dizayn emas, imlo qoidalariga rioya etish talab qilinadi.

📌 Qisqa xulosa:

🔹 Tavsifiy nom: qoʻshtirnoqsiz (Osiyo xalqaro universiteti).

🔹 Ramziy nom: qoʻshtirnoqda (“Diplomat” universiteti).


✈️ Bu postni esse imtihoniga tayyorlanayotgan doʻstlaringizga yuborib qoʻying. Bitta qoʻshtirnoq deb bekorga ball yoʻqotishmasin!

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
  • 👍 17
  • ❤ 12
  • 👏 1
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →