TGViewer
Channel Public Channel
Bilol Akademiya

Bilol Akademiya

@bilol_akademiya

Ushbu kanalda "Bilol Akademiya" haqida ma'lumotlar hamda ta'lim va tarbiya xabarlari berib boriladi.
Subscribers
1.07K
Photos
495
Videos
35
Links
22
Recent Posts 15 shown
Post #814 389

Forwarded from Baxshullo Rajabov

"Tarbiya kunlari" yo'l xaritasi
1-kun
Bilol Akademiya
10:00-10:40 4/5/6-sinflar bilan tarbiya
10:50-11:30 7/8-sinflar bilan tarbiya
12:00-12:40 4/5/6-sinflar bilan kitobxonlik

Bilol School o'quvchilari bilan seminar
13:00-13:40 1/2-sinflar bilan tarbiya
13:50-14:30 3/4-sinflar bilan tarbiya

Ota-onalar bilan seminar
14:40-15:20 ota onalar bilan ishlash
15:30-16:20 ota onalar bilan ishlash

2-kun
Bilol Akademiya
09:00-09:40 4/5/6-sinflar bilan tarbiya
09:50-10:30 7/8-sinflar bilan tarbiya
10:40-11:20 4/5/6-sinflar bilan kitobxonlik
11:45-12:30 7/8-sinflar bilan kitobxonlik

Bilol School o'quvchilari bilan seminar
13:00-13:40 5/6-sinflar bilan tarbiya
13:50-14:30 7/8-sinflar bilan tarbiya

Ota-onalar bilan seminar
14:40-15:20 ota onalar bilan ishlash
15:30-16:20 ota onalar bilan ishlash

3-kun
Bilol Akademiya
09:00-09:40 4/5/6-sinflar bilan tarbiya
09:50-10:30 7/8-sinflar bilan tarbiya
10:40-11:20 4/5/6-sinflar bilan kitobxonlik
11:45-12:30 7/8-sinflar bilan kitobxonlik

Bilol School o'quvchilari bilan seminar
13:00-13:40 9/10/11-sinflar bilan tarbiya
13:50-14:30 5/6-sinflar bilan kitobxonlik

Ota-onalar bilan seminar
14:40-15:20 ota onalar bilan ishlash
15:30-16:20 ota onalar bilan ishlash

(barcha ota onalarga 6 ta seminar grafigi berildi 6 tadan biriga qatnashishi majburiy. bir ota ona 1 marta qatnashadi)
  • ❤ 4
  • 🔥 1
Post #813 570

Forwarded from Baxshullo Rajabov

📚 "BILOL"da TARBIYA KUNLARI
28–30-sentyabr | 08:30–16:30
Farzandimizga bilim beramiz. Uni qanday inson bo‘lib ulg‘ayishiga esa birgalikda mas’ulmiz. Ilm yo‘l ochadi, tarbiya esa shu yo‘ldan qanday yurishni o‘rgatadi.
Uch kun davomida tarbiya va kitobxonlik yo‘nalishi mutaxassisi, yozuvchi G‘iyosiddin Yusuf o‘quvchilar va ota-onalar bilan seminar-treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Har kunlik dastur:
🔹 08:30–11:30 — Bilol Akademiya o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlar
🔹 12:00–14:00 — Bilol School o‘quvchilari bilan seminar-trening
🔹 14:30–16:30 — ota-onalar bilan seminar-trening
Ota-onalar diqqatiga: uch kun davomida tashkil etiladigan 6 ta seminardan kamida bittasida ishtirok etish majburiy.
Tarbiya kunlarining maqsadi — o‘quvchi, maktab va ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash; bolalarda odob-axloq, kitobga mehr va mas’uliyatni shakllantirish. Biz faqat bilimli emas, komil inson bo‘lib ulg‘ayadigan farzandlar tarbiyasi uchun birlashamiz.
Farzand tarbiyasida eng kuchli natija — maktab va ota-ona bir yo‘nalishda harakat qilganda yuzaga keladi.
@bilolschool
@bilol_akademiya
@GiyosiddinYusuf
Post #812 2.26K
5-sinf Prezident maktaiga qabul qilingan o'quvchilarimiz sababidan "Bilol Akademiya" da 5-sinfda 4 ta vakansiya o'rin paydo bo'ldi, Shu sababidan Keyingi o'rinda turgan .
Hojiqurbonov Sanjar
Avezova Gulnoza
Shuhratova Sevara
Murodullayev Abdushukur
o'quvchilar va ularning ota-onalari akademiyaga kelishlari so'raladi
  • 👏 11
  • ❤ 6
Post #811 1.62K

Forwarded from G'iyosiddin Yusuf

Менимча, хусусий мактаблар тарбия ва китобхонлик масалаларига ўзига хос тарзда урғу бериш билан бир-биридан фарқ қилишга ҳаракат қиляпти. Энди фанларни аъло даражада ўқитиш, кўп йиллик тажрибага эга устозлар ишлаши ёки қайсидир фанга ихтисослашув деярли барча мактабларда бор.

Шу йилдан Бухоро шаҳрида фаолият бошлаган "Билол академия" номли мактаб ҳам тарбия ва китобхонлик масалаларига алоҳида урғу беришни ният қилган. Шунинг учун 2026–2027 ўқув йилида ҳамкорлик қилишни йўлга қўйдик. Хусусан, ҳар ой камина мактабга бориб, ота-оналар ҳамда ўқувчилар билан тарбия ва китобхонлик борасида суҳбатлар ўтказамиз, иншааллоҳ.

Бухорода ким бор?

@GiyosiddinYusuf | @Bilol_akademiya
Post #809 2.25K
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar!

akademiya bo’yicha oxirgi paytlarda ko’p berilayotgan savollarga umumiy javob beraman.

1. Grant kontrakt masalalari aniq bo’ldimi?
Ha aniq bo’ldi. Grant so’ragan ota onalarning oilaviy sharoitlarini bevosita va bilvosita o’rganib chiqdik. Kimga qancha grant ajratilgani 3,4 sentyabr kunlari navbat bilan ota onalarga bildiriladi.
2. Darslar qachon boshlanadi?
Darslar 2-sentyabr 8.30 dan boshlanadi. sinf xonalar, jihozlash va dasturlar to’liq tayyor bo’ldi.
3. Forma qanday bo’ladi? Sumkachi?yangi forma sotib olaylikmi?
Akademiyaning formasi alohida bo’ladi. Biz jamoa bilan kelishib tayyor forma sotib olishdan ko’ra professional tikuvchi jalb qilib har bir o’quvchiga mos forma tiktiradigan bo’lyammiz. bu jarayon boshlangandan keyin bo’ladi. ungacha ota onalar iloji bo’lsa oldingi yil formasi yoki ixtiyoriy sotib olishlari mumkin. Sumka va o’quv qurollarini sotib olsalaringiz bo’ladi. bu narsalar birlamchi. shuning uchun katta xatajat qilmanglar.
3. Noutbook masalasi?
biz dasturlash va robototexnika ustoz bilan kelishib jarayon boshlangandan keyin aniq ehtiyojni hisoblab keyin noutbook tashkillashtiramiz degan xulosaga keldik.
4. Akademiya ochilish marosimi bo’ladimi?
Akademiya ochilish marosimini 1- oktyabrga yaqin rejalashtiryammiz chunki yangi tizim joriy qilinyapti unga o’quvchilar ham o’qituvchilar hama hattoki ota onalar ham moslashishi uchun ozgina vaqt kerak.

yana qanday savollar bor Akademiyaga farzandi kirgan ota onalar tomonidan izohlarda qoldiringlar javob beramiz
  • 👍 13
  • ❤ 6
  • 🔥 1
Post #808 3.06K

Forwarded from Baxshullo Rajabov

🚨 3–4-SINF OTA-ONALARI DIQQATIGA!
Farzandingizni kelajakda Prezident maktabi, Al-Xorazmiy yoki ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishini istaysizmi?
Unda tayyorgarlikni keyinga qoldirmang.

🔥 30-AVGUST — KATTA SARALASH IMTIHONI!
Bilol School’da Prezident maktabi, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov sinflari uchun 3- va 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida saralash imtihoni bo‘lib o‘tadi.

🎯 Maqsadimiz shunchaki kurs tashkil qilish emas.
Eng salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash, kuchli muhitga birlashtirish va ularni yuqori natijaga tayyorlash.
🏆 Bizda natijaga eltuvchi tajribali tizim mavjud.

🏆 Yaqinda o‘quvchilarimiz Prezident maktabi saralash imtihonida Buxoro viloyati bo‘yicha 9-, 15-, 17- va 22-o‘rinlarni egalladi.
Endi navbat — yangi avlodniki!

📅 30-avgust 10:00
👥 3- va 4-sinflar uchun

⚠️ Farzandingizning imkoniyatini sinab ko‘ring. Balki navbatdagi katta natija aynan uning nomi bilan yozilar!
BILOL SCHOOL-TO'G'RI TANLOV!
  • ❤ 6
  • 🙏 1
Post #807 1.18K

Forwarded from Bilol School (Baxshullo Rajabov)

📚 BIZ UCHUN TA’LIM — FAQAT BILIM EMAS.
Farzandga matematika, ingliz tili yoki boshqa fanlarni o‘rgatish muhim. Ammo uning insoniy fazilatlari, odobi va tarbiyasi undan ham muhimroq.
Shu sababli Bilol School va Bilol Akademiyada tarbiya masalasiga alohida e’tibor beramiz.
Biz bu yo‘nalishda G‘iyosiddin Yusuf bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydik.
G‘iyosiddin Yusuf — yozuvchi, noshir va farzand tarbiyasi mavzusida faol ijod qilayotgan muallif. Uning asarlarida ota-ona va farzand munosabatlari, bolani tushunish, mehr va to‘g‘ri muloqot orqali tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. U “Sevdirib tarbiyalang” va “Tarbiya-chi?” kabi kitoblari orqali tarbiyaga zamonaviy va amaliy yondashuvlarni keng targ‘ib qilib kelmoqda.
Bizning maqsadimiz — bolani shunchaki nazorat qilish yoki majburlash emas.
Uni tushunish.
U bilan to‘g‘ri muloqot qilish.
Yaxshilikni sevdirish.
Va tarbiyani mehr bilan berish.

Eng muhimi, bu jarayonda maktab va ota-ona bir yo‘nalishda harakat qilishi kerak.
Chunki kuchli ta’lim va go‘zal tarbiya birlashgandagina biz kutgan natija yuzaga keladi.

🏫 Bilol School to'g'ri tanlov! Bilim bilan birga — tarbiya.

@bilolschool @bilol_akademiya https://t.me/GiyosiddinYusuf
  • ❤ 9
  • 👍 7
Post #806 1.57K

Forwarded from Baxshullo Rajabov

📢 HURMATLI OTA-ONALAR!
Avvalo, Bilol School va Bilol Kids jamoasiga bildirayotgan ishonchingiz uchun barchangizga samimiy tashakkur bildiramiz! 💙
Farzandlarimizning xavfsizligi va maktab oldidagi umumiy tartibni saqlash maqsadida sizlardan quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz:
🚗 Farzandingizni olib kelish va olib ketishda transport vositalarini tartibli joylashtirishingizni so‘raymiz. Mashinani boshqa avtomobillarning kirib-chiqishiga yoki harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan joyda qoldirmang.
🏫 Eslatib o‘tamiz, maktabimiz ijaradagi binoda faoliyat yuritadi va bino atrofidagi umumiy hudud maktabimizga tegishli emas. Maktab jamoasi, avvalo, ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uldir. Shuning uchun tashqi hududdagi tartibni saqlashda barchamizning hamkorligimiz juda muhim.
🚧 Shu bilan birga, qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda kirish darvozasini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu avtomobillarning kirib-chiqishini ancha yengillashtiradi.
📍 Kattaroq yoshdagi o‘quvchilarni, zarurat bo‘lmasa, avtomobilda maktab hududigacha olib kirish o‘rniga katta yo‘l yoqasidagi xavfsiz joyda tushirib qo‘yishni tavsiya qilamiz.
⏰ Dars tugash vaqtida avtomobillar soni bir vaqtda ko‘payishi tabiiy. Tirbandlikda kutishni istamagan ota-onalar biroz kechroq kelishlari yoki farzandlari bilan kelishilgan holda katta yo‘l yoqasidagi xavfsiz joyda kutishlari mumkin.
🚕 Bilol School'ga taksi chaqirilganda ham, imkon qadar taksini ichkariga chaqirmasdan, ozgina piyoda yurib katta yo‘l tomon chiqib minish tavsiya etiladi. Bu kirish-chiqishdagi tirbandlikni sezilarli kamaytiradi.
🤝 Eng muhimi — bir-birimizni hurmat qilaylik va biroz sabrli bo‘laylik. Bir avtomobilning noto‘g‘ri qo‘yilishi ortidan o‘nlab boshqa ota-onalar kutib qolishi mumkin.
Ushbu e’lonni to‘g‘ri tushunib, farzandlarimizning xavfsizligi va barchamizning qulayligimiz uchun umumiy tartibga amal qilishingizni so‘raymiz.
Hamkorligingiz va tushunishingiz uchun tashakkur!
💙 Bilol School & Bilol Kids ma’muriyati
  • 👍 6
  • ❤ 4
Post #805 2.35K

Forwarded from Baxshullo Rajabov

  • 👍 11
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #799 2.23K

Forwarded from Baxshullo Rajabov

  • 👍 8
  • 👏 1
Post #798 1.26K

Forwarded from Baxshullo Rajabov

#BILOL SCHOOL O‘QUVCHILARIDAN YANA BIR YUQORI NATIJA!

#Prezident maktabiga kirish imtihonining Buxoro viloyati bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

🔷 BILOL SCHOOL o‘quvchilari mazkur imtihonda munosib natijalarni qayd etib, yuqori o‘rinlarni egallashdi:

➡️ 9-o‘rin — Axtamov Akbarali

➡️ 15-o‘rin — Murtazoyev Ergashxo‘ja

➡️ 17-o‘rin — Barnoyev Muhammad

➡️22-o‘rin — Hayitov Islom


🔷 Ushbu yuksak natijalar — o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ustozlarimizning fidoyiligi va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi samarasi!

🔷 O‘quvchilarimizni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini ushbu ajoyib natija bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

❗️BILOL SCHOOL — TO‘G‘RI TANLOV!
  • 👍 6
  • ❤ 3
Post #797 1.07K

Forwarded from Bilol School (Baxshullo Rajabov)

🚀 BILOL SCHOOL’DA YANA BIR YANGI INNOVATSION G‘OYA!
Sotuvchisiz do'kon!
Endi o'quvchilarimiz o'zlarining ortiqcha pullarini behudaga ishlatishmaydi.
Yangi o'quv yilidan boshlab biz o'quvchilarimizga, ularning salomatligini o'ylagan holda hamda ota-onalarining budjetlarini iqtisod qilish maqsadida turlixil rangli ichimliklar va zararli yeguliklarni sotib olishlariga cheklov o'ratdik.

Endi o‘quvchi dars jarayonida kerak bo‘ladigan daftar, ruchka, qalam va boshqa kanselyariya vositalarini maktabning o‘zida tashkil etilgan "SOTUVCHISIZ DO'KON" dan sotib olishlari mumkin.

Eng qiziq tomoni — bu oddiy savdo nuqtasi emas.
Bu o‘quvchiga mustaqil tanlov qilish, mas’uliyatni his qilish va kundalik ehtiyojini o‘zi boshqarishni o‘rgatuvchi yangi yondashuv.
💡 Kichik ko‘ringan g‘oya — katta tarbiyaning bir qismi.
Eng muhim jihati: o'quvchilarimiz bu orqali birovning haqqiga xiyonat qilmaslikni va halollikni o'rganishadi.

Bilol School jamoasi — ta’limda yangilik yaratishda davom etadi.
Bilol School-to'g'ri tanlov!. Bizda qabul davom etmoqda.
@bilolschool tel: +998945455599
  • 👍 22
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #796 1.79K
🚨 3–4-SINF OTA-ONALARI DIQQATIGA!
Farzandingizni kelajakda Prezident maktabi, Al-Xorazmiy yoki ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishini istaysizmi?
Unda tayyorgarlikni keyinga qoldirmang.

🔥 30-AVGUST — KATTA SARALASH IMTIHONI!
Bilol School’da Prezident maktabi, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov sinflari uchun 3- va 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida saralash imtihoni bo‘lib o‘tadi.

🎯 Maqsadimiz shunchaki kurs tashkil qilish emas.
Eng salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash, kuchli muhitga birlashtirish va ularni yuqori natijaga tayyorlash.
🏆 Bizda natijaga eltuvchi tajribali tizim mavjud.

🏆 Yaqinda o‘quvchilarimiz Prezident maktabi saralash imtihonida Buxoro viloyati bo‘yicha 9-, 15-, 17- va 22-o‘rinlarni egalladi.
Endi navbat — yangi avlodniki!

📅 30-avgust 10:00
👥 3- va 4-sinflar uchun
📝 SARALASH IMTIHONIDA FAQAT RO'YXATDAN O'TGAN O'QUVCHILAR ISHTIROK ETISHLARI MUMKIN.

RO'YXATDAN O'TISH QUYIDAGI BOT ORQALI AMALGA OSHIRILADI:
@pm_test_saralash_bot

⚠️ Farzandingizning imkoniyatini sinab ko‘ring. Balki navbatdagi katta natija aynan uning nomi bilan yozilar!
BILOL SCHOOL-TO'G'RI TANLOV!
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #794 924

Forwarded from Bilol Akademiya

🎉 BILOL SCHOOL O‘QUVCHILARIDAN YANA BIR YUQORI NATIJA!
Prezident maktabiga kirish imtihonining Buxoro viloyati bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
🏆 O‘quvchilarimiz kuchli natijalar qayd etdi:
🥇 9-o‘rin — Axtamov Akbarali
🏅 15-o‘rin — Murtazoyev Ergashxo‘ja
🏅 17-o‘rin — Barnoyev Muhammad
🏅 22-o‘rin — Hayitov Islom
Bu natijalar ortida o‘quvchilarimizning mehnati, ustozlarimizning fidoyiligi va ota-onalarning ishonchi bor.
👏 O‘quvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini ushbu natija bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
BILOL SCHOOL-TO'G'RI TANLOV!
  • 👏 18
Older posts →

About this channel

How can I read @bilol_akademiya without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bilol Akademiya: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bilol Akademiya have?
Bilol Akademiya (@bilol_akademiya) has 1.07K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bilol Akademiya know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →