myGov boşqaruv markaziga aylanmoqda. Ammo unga yangi bölim kerak
Yaqinda myGov ilk bor oy yakunlariga köra Özbekistonda eng köp yuklab olingan ilova böldi.
Rostan ham, oxirgi paytlarda uni ança yaxşilaşdi. Kuzda esa yana bir neçta foydali funksiya qoşiladi.
Masalan, bank kartalarni boşqarariş.
Hozir nomingizga oçilgan barça kartalarni Milliy ilovasida köriş mumkin, myGov’da esa nafaqat köra olasiz, balkim bloklaş yoki yopiş uçun ariza ham yubora olasiz.
Telefon raqamlari bilan ham şunday böladi: nomingizga oçilgan raqamlarni tekşirib, kerak bölsa yoptiriş mumkin böladi.
Uy-joy yoki avtomobilni sotiş, garovga qöyiş va ipoteka rasmiylaştirişga taqiqni ham özingiz qöyib, özingiz olib taşlay olasiz.
Qisqasi, hozir myGov nomingizga nimalar rasmiylaştirilganini körsatadi. Tez orada esa ularni özingiz boşqara olasiz.
Bu yönalişni davom ettiriş kerak. Har kim öz nomiga nima rasmiylaştirilganini bilib turişi va ortiqça heć narsa yöqligiga işonç hosil qilişi kerak.
Raqamli gigiyena oddiy gigiyenadan kam emas.
Aslida, myGov’da “Nomimga nimalar rasmiylaştirilgan?” degan alohida bölim kerak.
Unda kartalar, SIM-kartalar, bank hisoblari, IMEI böyiça röyxatdan ötgan telefonlar, ERI, işonçnomalar, suğurtalar, kompaniyalar va boşqa ma’lumotlar bir joyda turadi.
Har birining qarşisida kerakli tugma: yopiş, bloklaş, bekor qiliş, tuzatiş yoki şikoyat yuboriş.
Buni qiliş mumkin. Çunki kerakli ma’lumotlar va xizmatlarning aksariyati portalda allaqaçon bor. Ularni bir joyga yiğib, foydalanishga qulay qiliş qolgan, xolos.
Şunda myGov yanada foydali böladi, elektron hukumat esa odamlarga yanada yaqinlaşadi.
@beshtorr
#texnologiyalar
Post #263
3.55K

- 👏 20
- 👍 16
- 👎 7
- ❤ 3
- 💯 3
- 🔥 2
- 🤔 2