TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.02K subscribers
Post #191 4.08K
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun zo’r xizmat ishga tushdi

Yozda prezident yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarning hayotini yengillashtiradigan qarorni imzolagan edi.

Unda "barchasi birda" tamoyili asosida ishlaydigan raqamli platformalarni yaratish nazarda tutilgan edi.

Mana, bittasi Paynet ilovasida ishga tushirildi. Nomi — Xolis.

U bilan endi kassa apparatlari, bank terminallari, kompyuter, kalit, fiskal modullar, internet-banking va hokazolar kerak emas.

Hisob raqami ochish uchun bankka, ERI olish uchun esa Davlat xizmatlari markaziga borish kerak emas.

Ilovada QR-kod yaratib, to‘lovlarni qabul qilaverasiz, barcha hisobotlar esa avtomatik tarzda shakllanadi va yuboriladi.

Natijada, agar ilgari YaTT sifatida ishlashni boshlash uchun 7,2 mln so‘m to‘lash kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi 0 bo‘ladi.

Bundan tashqari, endi ishlash ancha qulay va oson bo‘ladi — ilgari 5-6 xil dastur kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi faqat telefon kerak, xolos.

Tez orada platformaning o‘zida kredit, lizing, omonat yoki sug‘urtani rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Xullas, barchasi bir joyda. Onlayn va ortiqcha xarajatlarsiz.

Bunday xizmat O‘zbekistonda ilgari bo‘lmagan. Boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash mahsulotlar kam uchraydi.

P.s. Darvoqe, 1 yanvardan aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshmagan YaTT uchun soliq atigi 1 foiz bo‘ladi.

@beshtorr

#mobayl #fintex
  • 👍 25
  • ❤ 13
  • 👏 5
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →