TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #158 2.96K
🔥 "Alisa" o‘zbek tilida gapira boshladi

O‘zbekistonda ICTWeek haftaligi boshlandi.

U yerda ko‘p narsalar sodir bo‘ladi, lekin men faqat eng qiziqarli va muhim narsalar haqida post qilaman.

Birinchi kunning o‘zidayoq katta yangilik — Yandex Uzbekistan o‘zbek tilini tushunadigan va gaplasha oladigan "Alisa"ni taqdim etdi.

Bu haqiqatan ham katta voqea, chunki virtual yordamchiga yangi tilni o‘rgatish juda ko‘p vaqt va resurs talab etadi.

Yandex Uzbekistan "Alisa"ni o‘zbek tilida gapirtirish uchun bir necha oy sarfladi - buning uchun katta til modelini (LLM) professional muharrirlar va filologlar o‘qitdi.

Katta hajmdagi ma’lumotlar - minglab qo‘lda tarjima qilingan dialoglar va yuzlab soatlik audioyozuvlar ishlatilgan.

O‘zbekistonda turli hududlarda turlicha so‘zlashilgani uchun "Alisa"ni turli shevalarni tushunishga o‘rgatishgan.

Ushbu katta ish natijasida virtual assistent endi o‘zbek tilida tabiiy muloqot qila oladi.

Men "aqlli" kolonkadan 6 yildan beri foydalanaman

O‘zbek tilidagi "Alisa" barcha "aqlli" kolonkalarda mavjud: "Layt", "Mini", "Midi", "Strit", "Maks".

Birinchi kolonkam "Layt" edi - 2019-yilda uni chet eldan, tanishlarim orqali buyurtma qilishga majbur bo‘lgandim. Rubl bilan to‘lash va uzoq kutishga to‘g‘ri kelgandi.

Hozir hammasi osonlashdi — istalgan qurilmani Yandex Market Go orqali so‘mda, tez yetkazib berish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan sotib olsa bo‘ladi.

Kichkina bolalaringiz bo‘lsa, juda ham tavsiya etaman, chunki kolonka ancha qo‘l keladi — ham musiqa qo‘yib beradi, ham ertak aytib beradi.

"Alisa" o‘zbek tilida gapira boshlagandan keyin bu yanada dolzarbroq bo‘ldi.

@beshtorr

#texnologiyalar #yandex
  • ❤ 14
  • 👍 13
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →