TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #121 4.45K
💲O‘zbekistondagi startaplar: kim va qancha pul jalb qildi. Dastlabki uch oy yakunlari

Endi IT Park ko‘magida har chorakda shunday postlar tayyorlaydigan bo‘ldik, chunki venchur sohasi iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib bormoqda.

2025-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta startap investitsiya jalb qildi. Bu kimga va qachon mablag‘ berilgani aniq ma’lum bo‘lgan bitimlardir.

Eng ko‘p mablag‘ni Linko jalb qildi — $1 million. Kompaniya b2b yechimlarini ishlab chiqaradi.

Investor nomi oshkor etilmagan, ammo bu seed-bosqichi ekanligi va bitim mart oyida tuzilgani ma’lum.

Datatruck ikki fonddan $550 000 jalb — $300 000 Aloqa Ventures, $250 000 esa IT Park Ventures berdi. Startap AQShdagi logistika kompaniyalariga xizmat ko‘rsatadi.

Yana bir kompaniya, Unitlab AI ham shu ikki fonddan mablag‘ jalb qildi, ammo summa kamroq — $400 000. Startapning sun’iy intellekt modellarini yaratishni tezlashtiradigan platformasi bor.

UC Ventures birinchi chorakda faqat bitta loyihaga sarmoya kiritdi — $200 000 Platma’ga.

Bu sun’iy intellektga asoslangan biznesni avtomatlashtirish platformasi bo‘lib, o‘tgan yili $20 millionga baholanib, $2,25 million jalb qilgan edi.

Birinchi chorakda CS Angels, O‘zbekistondagi biznes farishtalarining xususiy klubi, ishtirokidagi bitimlar ham amalga oshirildi.

D-Clinics ulardan $35 000, JointPoint esa $30 000 jalb qildi. Birinchi startap klinikalarni kompleks boshqarish uchun modullar ishlab chiqadi, ikkinchisi — kontentni daromadga aylantirish vositasini yaratmoqda.

Sohalar bo‘yicha ERP&CRM yetakchilik qilmoqda — bu yo‘nalishda umumiy qiymati $1,2 millionlik ikkita bitim tuzildi.

Investorlar orasida eng faollari IT Park Ventures va Aloqa Ventures bo‘ldi — ular 3 tadan bitim imzoladilar.

Dastlabki uch oy yakuniga ko‘ra startaplarga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori $2,6 millionni tashkil etdi.

Xulosalar

⏺ Startaplarga investitsiyalar asta-sekin ochiq jarayonga aylanmoqda. Fondlar va biznes-klublar tufayli bu ommaviy va shaffof tus olmoqda.

⏺ Avtomatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi startaplar boshqalarga qaraganda mablag‘ jalb qilishda ko‘proq imkoniyatiga ega.

⏺ Eng muhimi, investorlarga ma’qul keladigan qandaydir bitta soha yo‘q. Fintex, medtex, AI — farqi yo‘q. Asosiysi, loyiha istiqbolli bo‘lsa bo’di.

Shunday ekan, bosing.

Hozir O‘zbekistonda startapni yo‘lga qo‘yish uchun eng qulay payt — ham mablag‘ jalb qilish, ham bozorning ma’lum bir ulushini egallash iloji bor. Keyinchalik bu ancha qiyinlashadi.

Keyingi shunday maqola II chorak yakunida chiqadi, bu taxminan iyul oxiri-avgust boshida bo‘ladi.

@beshtorr

#startaplar
  • 👍 18
  • 🔥 6
  • ❤ 3
  • 👏 2
  • 💯 1
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →