Temu bundan buyon O‘zbekistonda №1 emas
Xitoy marketpleysi tez orada yopilishi ma’lum bo‘lgach, O‘zbekistondagi reklamalarni qisqartirdi.
Bu esa ilovaning kamroq o‘rnatilishi va ko‘proq o‘chirilishiga olib keldi.
Natijada, so‘nggi olti oy davomida birinchi o‘rinda turgan Temu, top-100 likning oxiriga tushib qoldi.
Bozorda Temu o‘rnini kim egalladi
Qiziq tomoni shundaki, DHgate, 1688, Pinduoduo, Shein, Banggood, JD va boshqa Xitoy marketpleyslarining o‘rnatilishlari ko‘paymadi.
Ya’ni, "Mayli, Temu endi yoq, boshqa saytlardan xarid qilaveramiz" degan narsa bo’lmadi.
Mana, virusli hayp va agressiv reklamaning ahamiyati — boshqa marketpleyslar deyarli Temu bilan bir xil, ammo ularga qiziqish juda past.
Reytinglarda Temu o‘rnini kim egalladi
ChatGPT.
Ilgari ham ko‘pchilik uni o‘rnatgan edi, ammo birinchi o‘rinni egallashga endigina erishdi.
Ha, bundan buyon O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan ilova ijtimoiy tarmoq, marketpleys yoki messenjer emas, balki generativ sun’iy intellektli chat-bot bo‘ladi.
@beshtorr
#mobayl #ecom
Post #105
3.3K

- 😁 22
- 👍 15
- ❤ 3
- 👎 1
- 💯 1