TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Bobur Bekmurodov

Bobur Bekmurodov

@bbekmurodov

«Юксалиш» ҳаракати раиси

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Тадбиркорлик қўмитаси раиси

@B_Bekmurodovga_murojaat_bot
Subscribers
902
Photos
513
Videos
193
Links
436
Recent Posts 16 shown
Post #973 288
Bu pul topiş şartnomasi emas. Bu — ólim uçun şartnoma.

Afsuski, hanuz ayrim fuqarolarimiz katta pul yoki qarzdan qutuliş vaʼdasi bilan xorijiy davlat armiyasiga yollanayotganiga guvoh bólyapmiz.

Yollovçilar faqat pulni gapirib, şartnoma aslida nimani nazarda tutişini aytmaydi.

Haqiqat oddiy: u yerga borganlarning kópi tirik qaytmaydi. Qaytganlar esa nogiron, ruhan singan bólib qaytadi.

Yollaniş — Ózbekistonda jinoyat. Eng yaxşi holatda ham sudlanasiz. Heç qanday pul otaning, óǵilning órnini bosmaydi. Yollanmang!

Yana bir masala. Xorijdagi har bir yurtdoşimiz — bizning yuzimiz. Bir kişining jinoyati halol mehnat qilayotgan minglab yurtdoşlarimizga soya soladi. Qonunni buzgan zaif qoladi va «ólim şartnomasi»ga aldanişi mumkin.

Ota-onalar, aka-ukalar! Xorijdagi yaqinlaringizdan xabar olib turing.

Bobur Bekmurodov
  • 👍 4
  • 🔥 2
Post #972 531
Davlat apparati ixçamlaşadi, qarorlar tezlaşadi.

Bugun Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligiga birlaştirildi.

Bu qarorni qóllab-quvvatlayman va uni islohotlarning mantiqiy davomi deb bilaman.

Taʼlim tizimini alohida vazirliklar orqali boşqariş óz vaqtida tóǵri qaror edi. 2017-yilda Maktabgaça taʼlim vazirligi taşkil etilganda oldimizda aniq vazifa turgandi: boǵçaga bormaydigan millionlab bolalarni qamrab oliş.

Buning uçun alohida eʼtibor, alohida masʼuliyat va alohida resurs kerak edi.

Natijada maktabgaça taʼlim bilan qamrov 27,7 foizdan qarıyb 80 foizga, yaʼni qariyb uç barobar oşdi. Boǵçaga boradigan bolalar soni 932 mingdan 2,5 millionga yetdi, 30 mingdan ortiq nodavlat va oilaviy boǵçalar paydo bóldi.

Oliy taʼlimda ham şunday: qamrov 9 foizdan 44 foizga yetdi, kóplab yoşlar uçun talabalik orzu emas, imkoniyatga aylandi.

Yaʼni ótgan yillar vazifasi kólam va qamrov edi. Bu vazifa asosan bajarildi.

Avvalroq maktabgaça taʼlim va xalq taʼlimi bitta vazirlikka birlaştirilgandi. Bugungi qaror şu yólning keyingi qadami deb bilaman.
  • 👍 11
  • ❤ 5
Post #969 318

Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇴🇲 “Yuksaliş” harakati raisi Bobur Bekmurodov Ummon Sultonligining Ӧzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Sayyida Vafo bint Jabr Al-Busaidiy bilan uçraşdi
 
Elçi xonimning ikki davlat munosabatlarini rivojlantirişga qӧşgan hissasi e'tirof etildi.

Muloqot çoǧida birodar şaharlar formatidagi hamkorlikni kengaytirish, nodavlat va xayriya taşkilotlari ӧrtasida hamkorlikni yӧlga qӧyiş, fuqarolik jamiyati vakillari iştirokida taşriflarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • ❤ 2
Post #968 786
Bir haqiqatda hamfikrmiz: bolalarimizning xavfsizligi va farovonligi — xalqimiz uchun oliy qadriyat.
  • 👍 21
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #967 1.13K
Bobur Bekmurodov Бугун аёллар ва болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга қаратилган муҳим қонун лойиҳасини биринчи ўқишда қабул қилдик. Қонуннинг қабул қилиниши шубҳасиз, жамиятимизда зўравонликка барҳам бериш йўлида муҳим қадам бўлади. Шу билан биргаликда, педофилияга қарши курашиш…
Hurmatli Alisher Keldiyevich, bolalarga qarshi jinoyatlar qanchalik jirkanch ekanida siz bilan to'liq hamfikrman. Bunday jinoyatchilarga jazo qat'iy va muqarrar bo'lishi shart: umrbod ozodlikdan mahrum qilish, afvdan to'liq chetlatish, muddatidan oldin ozod qilishni taqiqlash nihoyatda muhim. Ammo o'lim jazosi masalasida sizga qo'shila olmayman.

Birinchidan, bu Konstitutsiya masalasi. Хalqimiz referendumda qabul qilgan Konstitutsiyada o'lim jazosi taqiqlanganligi aniq yozilgan.

Ikkinchidan, o'lim jazosi bolalarni xavf ostiga qo'yishi mumkin. Agar bolani zo'rlash o'lim bilan jazolansa, jinoyatchini yagona guvohni, ya'ni bolaning o'zini yo'q qilishdan to'xtatib turadigan hech narsa qolmaydi.

Xalqaro majburiyatlarimiz va sud xatosi ehtimolini ham har doim yodda tutish zarur.

Menimcha, bolalarni asrash uchun asosiy kuchni boshqa narsalarga sarflash kerak. Jinsiy jinoyatchilar reyestrini yuritish va ularga bolalar bilan ishlashni umrbod taqiqlash, maktab va mahallada xavfni erta aniqlash, tergovni tez va muqarrar qilish, jabrlangan bolalarga psixologik yordam ko'rsatish shular jumlasidan.
  • 👍 26
  • 🔥 14
  • ❤ 5
Post #966 910

Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol

“9 soat”ning siri nimada?

“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…

Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”

Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.

Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.

Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.

Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.

“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.

Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.

Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.

Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.

Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.

Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.

Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.

Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?

Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».

Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.

"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".

9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.

Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.

“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #965 2.49K
Deputatlik ovozi imkoniyatidan foydalanib, munosib loyihaga ovoz berdim.

Nişon tumanidagi Yoşlar diyori mahallasi aholisi yillar davomida hal qilinişi kerak bölgan yöl muammosi bilan yaşab kelmoqda.

Menimça, loyihalarga ovoz berishda, avvalo, muammoning dolzarbligi va odamlar kundalik hayotiga ta’siri inobatga olinişi kerak.

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • 👍 20
  • 🔥 4
  • ❤ 2
Post #964 956
Demokratiyaga rahna soluvchi amaldorlarning aksariyati Konstitutsiya bo‘yicha yetarli bilimga ega emas
  • 🔥 11
  • 👍 6
  • ❤ 1
Post #963 768
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Mustaqillik, eng avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, farzandlarimiz kelajagini o‘z qo‘limiz bilan qurish imkoniyatidir.

Bugun O‘zbekiston katta o‘zgarishlar yo‘lidan bormoqda. Bu yo‘lning markazida inson qadri, xalq manfaatlari va adolatli jamiyat qurish maqsadi turibdi. Bu yo'lda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan O‘zbekistonni adolatli, farovon va kuchli davlatga aylantiramiz.


35 yillik qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • 👍 14
Post #962 659

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.

—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • 👍 7
Post #961 724
Qoraqalpog‘istonda Harakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ikki muhim loyiha o‘rganildi

Chimboy tumani “Mayjap” ovul fuqarolar yig‘inida qaytadan qurilayotgan ko‘prik hamda Nukus shahridagi “Bes tobe” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdik.

Bu loyihalar yakunlangach, odamlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratiladi.

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • 🔥 6
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #960 969
“Hech bir bola o‘qish uchun kerakli narsasi yo‘qligi sababli o‘zini kam his qilmasin.”

Yangi o‘quv yili arafasida ayrim oilalar uchun maktab formasi, sumka va o‘quv qurollarini xarid qilish og‘irlik qilishi mumkin.

Kam daromadli oilalarning farzandini maktabga tayyorlashga ko‘mak beraylik.

Keling, yangi o‘quv yilini ezgulik bilan boshlaylik!

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • ❤ 11
  • 👍 7
  • 🔥 6
Post #959 445

Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI

🔴 Taqdimot boshlanish arafasida!

Maktab kutubxonalari holati yuzasidan o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringi natijalari taqdimoti boshlanmoqda.

Taqdimotni jonli efirda kuzating!
Jonli translyatsiyani quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🔗 YouTube: https://www.youtube.com/live/cV7M3TKE_28?si=-TpF28_H-J13Am1R

🔗 Facebook: https://www.facebook.com/100066946988111/videos/1678269630297307?locale=ru_RU

🇺🇿 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish
YouTube Umumta'lim maktablari kutubxonalarining jamoatchilik monitoringi natijalari taqdimoti JONLI EFIR
  • 👍 9
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #958 899
20-avgust — Tadbirkorlar kuni muborak bo'lsin!

Barcha tadbikorlarimizning g'oyalari yirik loyihalarga, mehnati esa yurtimiz rivojiga xizmat qilaversin.

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • 👍 7
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #949 1.05K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdik.

Uchrashuvda turli yo'nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolari va biznesni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik takliflarini eshitdik.

Shuningdek, ularga qonunlarni ko'rib chiqish va qabul qilish jarayonlari bilan tanishtirdik.

🇺🇿 Bobur Bekmurodov
  • 👍 10
  • 🔥 6
  • ❤ 4
Older posts →

About this channel

How can I read @bbekmurodov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bobur Bekmurodov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bobur Bekmurodov have?
Bobur Bekmurodov (@bbekmurodov) has 902 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bobur Bekmurodov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →