TGViewer
Bobur Bekmurodov Bobur Bekmurodov @bbekmurodov · 903 subscribers
Post #972 548
Davlat apparati ixçamlaşadi, qarorlar tezlaşadi.

Bugun Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligiga birlaştirildi.

Bu qarorni qóllab-quvvatlayman va uni islohotlarning mantiqiy davomi deb bilaman.

Taʼlim tizimini alohida vazirliklar orqali boşqariş óz vaqtida tóǵri qaror edi. 2017-yilda Maktabgaça taʼlim vazirligi taşkil etilganda oldimizda aniq vazifa turgandi: boǵçaga bormaydigan millionlab bolalarni qamrab oliş.

Buning uçun alohida eʼtibor, alohida masʼuliyat va alohida resurs kerak edi.

Natijada maktabgaça taʼlim bilan qamrov 27,7 foizdan qarıyb 80 foizga, yaʼni qariyb uç barobar oşdi. Boǵçaga boradigan bolalar soni 932 mingdan 2,5 millionga yetdi, 30 mingdan ortiq nodavlat va oilaviy boǵçalar paydo bóldi.

Oliy taʼlimda ham şunday: qamrov 9 foizdan 44 foizga yetdi, kóplab yoşlar uçun talabalik orzu emas, imkoniyatga aylandi.

Yaʼni ótgan yillar vazifasi kólam va qamrov edi. Bu vazifa asosan bajarildi.

Avvalroq maktabgaça taʼlim va xalq taʼlimi bitta vazirlikka birlaştirilgandi. Bugungi qaror şu yólning keyingi qadami deb bilaman.
  • 👍 11
  • ❤ 5
More from @bbekmurodov
  1. Oct 7, 2026«Korrupsiyaga yól qóyiş — islohotlarimizga xiyonatdir». — Şavkat Mirziyoyev Bugun Korrupsi…
  2. Oct 6, 2026Post #974
  3. Oct 6, 2026Bu pul topiş şartnomasi emas. Bu — ólim uçun şartnoma. Afsuski, hanuz ayrim fuqarolarimiz…
  4. Oct 3, 2026🇺🇿🇴🇲 “Yuksaliş” harakati raisi Bobur Bekmurodov Ummon Sultonligining Ӧzbekistondagi Fa…
  5. Sep 29, 2026Bir haqiqatda hamfikrmiz: bolalarimizning xavfsizligi va farovonligi — xalqimiz uchun oliy…
  6. Sep 29, 2026Hurmatli Alisher Keldiyevich, bolalarga qarshi jinoyatlar qanchalik jirkanch ekanida siz b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →