Bu pul topiş şartnomasi emas. Bu — ólim uçun şartnoma.
Afsuski, hanuz ayrim fuqarolarimiz katta pul yoki qarzdan qutuliş vaʼdasi bilan xorijiy davlat armiyasiga yollanayotganiga guvoh bólyapmiz.
Yollovçilar faqat pulni gapirib, şartnoma aslida nimani nazarda tutişini aytmaydi.
Haqiqat oddiy: u yerga borganlarning kópi tirik qaytmaydi. Qaytganlar esa nogiron, ruhan singan bólib qaytadi.
Yollaniş — Ózbekistonda jinoyat. Eng yaxşi holatda ham sudlanasiz. Heç qanday pul otaning, óǵilning órnini bosmaydi. Yollanmang!
Yana bir masala. Xorijdagi har bir yurtdoşimiz — bizning yuzimiz. Bir kişining jinoyati halol mehnat qilayotgan minglab yurtdoşlarimizga soya soladi. Qonunni buzgan zaif qoladi va «ólim şartnomasi»ga aldanişi mumkin.
Ota-onalar, aka-ukalar! Xorijdagi yaqinlaringizdan xabar olib turing.
Bobur Bekmurodov
Post #973
300

- 👍 5
- 🔥 2