TGViewer
Channel Public Channel
Bayroqdor

Bayroqdor

@bayroqdor

Harbiy sohaga oid yangiliklar, shaxsiy nuqtai nazar, umuman hamma narsa.

YouTube: 👇 https://youtube.com/@bayroqdor?si=QnUcDvGEHnxxjXJk
Subscribers
13.6K
Photos
12.7K
Videos
13.3K
Links
2.2K
Recent Posts 11 shown
Post #28638 1.95K
+18

Qariya boshlagan urush hammaning joniga tegdi. Frontdan g‘alaba xushxabarlari yo‘q. Urushning kaltafahmlar orzu qilgan romantikasi yo‘q. Front esa qora tuynuk kabi – nimani tashlasang ko‘rdim demay yutyapti.

Rossiya misolida oladigan bo‘lsak, mamlakat Shimoliy Koreyaning slavyan versiyasiga aylanyapti. Global internetdan uzilish, davlatning total nazorati, agressiv propaganda. Cho‘kayotgan iqtisod. Erta tongda uyg‘otadigan sirenalar. Qarzlar... Kelayotgan qish va sovuq... Xuddi Putinning turqi kabi.

Qabrlar. Son-sanoqsiz qabrlar...

Urushning ta'siri bizda shu yil har qachongidan kuchliroq sezilyapti. Bu, ayniqsa, shimoldan kelayotgan, yo g‘ayriddinlar yurtidan kelolmay qolib ketayotgan jasadlarda ko‘rinadi. Avval internetda undan-bundan eshitgan hikoyalarimizni o‘z qishloqdoshlarimiz aytyapti. Ha, gap urushga jalb etilgan o‘zbekistonliklar haqida.

Bilmadim. Bu ketishda kelajakda "afg‘onchilar" va "chernobilchilar" kabi, "ukrainachilar" uyushmasini ham tuzishimizga to‘g‘ri kelmasa edi.

📹 O‘zi Nemtsov Putinga to‘g‘ri ta'rif bergan. U bu muloyim mushukka, hali asl basharasi ochilmay turib, eng munosib tashxisni qo‘ygan.

Darvoqe, Rossiya boy, farovon va osoyishta qudrat bo‘lishini xohlayman va buni hech qachon yashirmaganman. Chunki bu Markaziy Osiyoda xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi, global maydonda esa AQSH va Xitoyga bir ma'noda muvozanat beradi. Lekin Putin bilan bularning hech biriga umid qilib bo‘lmaydi. Chunki u xuddi Rossiyani ham o‘zi bilan narigi dunyoga olib ketishga ahd qilganga o‘xshaydi.

@bayroqdor
  • ❤ 22
  • 👍 22
  • 😁 14
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • 🕊 1
Post #28637 2.57K
Ukraina Yandeksning data markazlariga zarba berganidan so‘ng Twitter va boshqa platformalarda botlar trafigi tushib ketdi. O‘zim ingliz segmentida Kreml narrativini ilgari suradigan, bir-biriga o‘xshash tezislarni qayta-qayta takrorlaydigan va ijtimoiy fikrni shakllantirishda rol o‘ynaydigan profillar endi faol emasligini kuzatyapman.

Bir manoda yangiliklar tasmasi ancha tozalandi.

O‘zimizning qadrdon Telegram misolida oladigan bo‘lsak, deyarli har bir post ostiga eng faol obunachidan-da tezroq izoh qoldiradigan "opaxon"larni yer yutganga o‘xshayapti. Azbaroyi shularni bloklashdan bezillab ketganim sabab guruhda faqat obuna bilan yozadigan qilib qo‘ymoqchi edim.

Shaxsan o‘zimda Yandeksga xusumat yo‘q. O‘zbekistonda yuz minglab insonlar bevosita va bilvosita shu kompaniya ortidan ro‘zg‘or tebratyapti. Lekin Yandeks bo‘lib o‘tgan voqealardan tegishli xulosa chiqarib, turli bot-fermalar uchun resurs ajratishni to‘xtatishini, siyosat qurboni bo‘lmaslik uchun FSBdan imkon qadar masofa saqlashini xohlardim.

@bayroqdor
  • 👍 35
  • ❤ 8
  • 😁 7
Post #28636 3.56K
Trampning saylovchilar bilan uchrashuviga namoyishchilardan biri “Epshteyn fayllarini e’lon qiling” yozuvi tushirilgan futbolkada keldi. Uni aftidan yonida turgan MAGA’chi kaltaklab ketdi.

Xavfsizlik xodimlari ayolni (ko‘rinishidan) zaldan olib chiqib ketayotganda Tramp kaltaklagan zo‘ravonga qarshi indamadi. Ammo namoyishchini mazaxlab turdi.

“Bu buyurtma qilingan namoyish. U juda semiz. Yaqinda dieta boshlashiga to‘g‘ri keladi”, degan AQSH prezidenti.


P.S. Zalni to‘ldirgan qarsaklar juda og‘ir ijtimoiy kasallikning simptomlari hisoblanadi.

@bayroqdor
  • 👍 23
  • 🤯 13
  • 😁 6
  • 👎 5
  • ❤ 2
Post #28626 4.12K
Shimoliy Koreya poytaxtida mahalliy harbiy sanoat kompleksiga bag‘ishlangan Mudofaa inqilobi muzeyi tantanali ravishda ochildi.

Muzey katta hududni egallagan. Uning ichida hatto qit’alararo ballistik raketalarni uchirishga mo‘ljallangan ko‘p g‘ildirakli mobil qurilmalarni (yo ularning yuqori sifatli maketlarini) ham ko‘rish mumkin.

@bayroqdor
  • 😁 26
  • 👍 13
  • ❤ 2
Post #28625 3.86K
Jabhaning qaysi tomonida jang qilganidan, urushga uni qanday sabab yetaklab kelganidan, zolim yo mazlum ekanidan qat’iy nazar, jangchini uyda bir xil sog‘inishadi.

@bayroqdor
  • ❤ 33
  • 🔥 16
  • 👍 1
  • 👎 1
Post #28624 3.64K
"Biz yashash uchun shu yerdamiz".


Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi.

@bayroqdor
  • 👍 44
  • 🫡 16
  • ❤ 5
  • 😁 3
  • 🤔 3
  • 🔥 2
Post #28623 4.15K
Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi urushda nafaqat Yaqin Sharqdagi bazalari, balki aviatashuvchilaridan ham faol foydalandi. Chunki ular suzuvchi aerodrom hisoblanadi: o‘zi bilan qiruvchilar, bombardimonchi samolyotlar, hatto vertolyotlar tashiydi.

Xitoyliklar ham, tabiiyki, buni juda yaxshi anglaydi. AQSHning Dengizdagi hukmronligiga qarshi tura oladigan kemalarni suvga tushirmay turib, Tayvanni nazoratga ololmasligini biladi.

Xitoy ushbu raqobatda ortda qolmaslik uchun Fujian kemasini qurdi. U mamlakatning o‘lchamlar borasida amerikalik raqiblari bilan bellasha oladigan va tramplin emas, katapulta mexanizmidan foydalanadigan ilk aviatashuvchidir.

Videoda Fujian Xitoy harbiy dengiz kuchlariga nima berishi, kema o‘zi bilan qanday samolyot hamda vertolyotlarni olib suzishi haqida batafsil so‘z boradi.

🎬 YouTube orqali ko‘rish uchun

@bayroqdor
  • ❤ 11
  • 👍 10
  • 🔥 5
Post #28621 4.23K

Forwarded from Daryo — LIVE

Botir Qudratxo‘jayev mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi

Bundan ilgariroq uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangandi.

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
  • 🤔 17
  • 👍 11
  • 👌 6
  • 👏 3
Post #28620 5.07K
Xitoy ichki ligasida bir vaqtda ikkita to‘p bilan futbol o‘ynashibdi

Shunchalik boy bo‘lishiga va 1,5 mlrd aholisi borligiga qaramay, bu mamlakatda nima uchun futbol rivojlanmasligidan ajablanmayman.

@bayroqdor
  • 😁 123
  • 👍 7
  • ❤ 2
Post #28619 4.91K
+18

Rossiyadan energetika mahsulotlari sotib olgan davlatlarga 500 foizlik boj bilan tahdid qilgan Tramp, bir dumalab, yana Kremlning "katta do‘stiga" aylandi.

Endi Tramp o‘zi boshlagan va haliga qadar uzil-kesil nuqta qo‘ya olmagan urush – Erondagi mojaro sabab kelib chiqqan energetika inqirozini yumshatmoqchi. Tehron bilan kelishuv va Hormuzda xavfsizlikni ta'minlash emas, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish orqali.

Chunki AQSHda oraliq saylovlar yaqin. Unda qaysi partiyaning qo‘li baland kelishi va bir ma'noda Trampning hokimiyati ham asosan bir omilga, soddaroq aytsak, amerikaliklar o‘z mashinalarini benzin bilan to‘ldirish uchun qancha sarflashiga bog‘liq.

Ya'ni amerikaliklarga Trampning ularning mamlakati yana "buyuk bo‘lgani" haqidagi da'volar ham, o‘zlari xaritadan topa olmaydigan davlatlar Isroilga qarshi nimani rejalashtirayotgani ham qiziq emas. Yonilg‘i narxlari hammasini hal qiladi.

📹 Darvoqe, yuqoridagi videoni Trampning Rossiyaga nisbatan munosabatidan "mamnun" ukrainalik dron operatorlari olgan.

@bayroqdor
  • 😁 70
  • 👍 13
  • ❤ 8
Post #28618 4.95K
Tramp:

– Ajoyib. Men eng ahmoqona gaplarni aytishim mumkin va siz qarsak chalasiz.

(Qarsak chalishadi)

@bayroqdor
  • 😁 109
  • 🤬 7
  • 👍 5
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @bayroqdor without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bayroqdor: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bayroqdor have?
Bayroqdor (@bayroqdor) has 13.6K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bayroqdor know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →