Ukraina Yandeksning data markazlariga zarba berganidan so‘ng Twitter va boshqa platformalarda botlar trafigi tushib ketdi. O‘zim ingliz segmentida Kreml narrativini ilgari suradigan, bir-biriga o‘xshash tezislarni qayta-qayta takrorlaydigan va ijtimoiy fikrni shakllantirishda rol o‘ynaydigan profillar endi faol emasligini kuzatyapman.
Bir manoda yangiliklar tasmasi ancha tozalandi.
O‘zimizning qadrdon Telegram misolida oladigan bo‘lsak, deyarli har bir post ostiga eng faol obunachidan-da tezroq izoh qoldiradigan "opaxon"larni yer yutganga o‘xshayapti. Azbaroyi shularni bloklashdan bezillab ketganim sabab guruhda faqat obuna bilan yozadigan qilib qo‘ymoqchi edim.
Shaxsan o‘zimda Yandeksga xusumat yo‘q. O‘zbekistonda yuz minglab insonlar bevosita va bilvosita shu kompaniya ortidan ro‘zg‘or tebratyapti. Lekin Yandeks bo‘lib o‘tgan voqealardan tegishli xulosa chiqarib, turli bot-fermalar uchun resurs ajratishni to‘xtatishini, siyosat qurboni bo‘lmaslik uchun FSBdan imkon qadar masofa saqlashini xohlardim.
@bayroqdor
Post #28637
5.22K
- 👍 66
- ❤ 12
- 😁 9
- 👎 2
- 🔥 1