TGViewer
Bayroqdor Bayroqdor @bayroqdor · 13.6K subscribers
Post #28619 4.99K
+18

Rossiyadan energetika mahsulotlari sotib olgan davlatlarga 500 foizlik boj bilan tahdid qilgan Tramp, bir dumalab, yana Kremlning "katta do‘stiga" aylandi.

Endi Tramp o‘zi boshlagan va haliga qadar uzil-kesil nuqta qo‘ya olmagan urush – Erondagi mojaro sabab kelib chiqqan energetika inqirozini yumshatmoqchi. Tehron bilan kelishuv va Hormuzda xavfsizlikni ta'minlash emas, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish orqali.

Chunki AQSHda oraliq saylovlar yaqin. Unda qaysi partiyaning qo‘li baland kelishi va bir ma'noda Trampning hokimiyati ham asosan bir omilga, soddaroq aytsak, amerikaliklar o‘z mashinalarini benzin bilan to‘ldirish uchun qancha sarflashiga bog‘liq.

Ya'ni amerikaliklarga Trampning ularning mamlakati yana "buyuk bo‘lgani" haqidagi da'volar ham, o‘zlari xaritadan topa olmaydigan davlatlar Isroilga qarshi nimani rejalashtirayotgani ham qiziq emas. Yonilg‘i narxlari hammasini hal qiladi.

📹 Darvoqe, yuqoridagi videoni Trampning Rossiyaga nisbatan munosabatidan "mamnun" ukrainalik dron operatorlari olgan.

@bayroqdor
  • 😁 70
  • 👍 13
  • ❤ 8
More from @bayroqdor
  1. Oct 13, 2026+18 Qariya boshlagan urush hammaning joniga tegdi. Frontdan g‘alaba xushxabarlari yo‘q. Ur…
  2. Oct 13, 2026Ukraina Yandeksning data markazlariga zarba berganidan so‘ng Twitter va boshqa platformala…
  3. Oct 13, 2026Trampning saylovchilar bilan uchrashuviga namoyishchilardan biri “Epshteyn fayllarini e’lo…
  4. Oct 13, 2026Shimoliy Koreya poytaxtida mahalliy harbiy sanoat kompleksiga bag‘ishlangan Mudofaa inqilo…
  5. Oct 13, 2026Jabhaning qaysi tomonida jang qilganidan, urushga uni qanday sabab yetaklab kelganidan, zo…
  6. Oct 13, 2026"Biz yashash uchun shu yerdamiz". Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi. @bayroqdor
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →