#giyohvandlikka_qarshi_kurash95 kilogrammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildiBojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dala maydonidagi daraxtlar orasiga yashirib ketilgan
4 dona xo‘jalik qopi aniqlandi.Qoplar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida
109 dona o‘ram mavjudligi maʼlum bo‘ldi. O‘ramlardagi modda Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, salkam
95 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlandi.
Shu bilan birga, tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan giyohvandlik vositalarini yashirilgan joydan olib ketish uchun kelishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida mazkur hudud bir necha kun davomida kuzatuvga olindi.
Oradan
8 kun o‘tib, giyohvandlik vositalarini olib ketish maqsadida ushbu hududga kelgan
ikki nafar fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi.Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.
Tergov harakatlari davomida giyohvandlik vositalarini mazkur joyga yashirib ketish va keyinchalik olib ketish haqida topshiriq bergan shaxs ham aniqlanib, qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, jinoyatni tashkil qilgan shaxs muqaddam
benzin kontrabandasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun Bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs bo‘lgan.
Eʼtiborlisi, ushbu holatda musodara qilingan giyohvandlik vositalarining miqdori
qariyb 95 kilogrammni tashkil etmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra,
mazkur miqdordagi “gashish” 700 yuz mingta isteʼmol dozasiga teng bo‘lib, uning noqonuniy muomalaga chiqarilishi aholi, ayniqsa yoshlar hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati, oxirgi isteʼmolchigacha yetib borgan taqdirda, 10 million AQSH dollaridan oshishi mumkin edi.