TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74308 3.31K
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

95 kilogrammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dala maydonidagi daraxtlar orasiga yashirib ketilgan 4 dona xo‘jalik qopi aniqlandi.

Qoplar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 109 dona o‘ram mavjudligi maʼlum bo‘ldi. O‘ramlardagi modda Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, salkam 95 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlandi.

Shu bilan birga, tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan giyohvandlik vositalarini yashirilgan joydan olib ketish uchun kelishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida mazkur hudud bir necha kun davomida kuzatuvga olindi.

Oradan 8 kun o‘tib, giyohvandlik vositalarini olib ketish maqsadida ushbu hududga kelgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Tergov harakatlari davomida giyohvandlik vositalarini mazkur joyga yashirib ketish va keyinchalik olib ketish haqida topshiriq bergan shaxs ham aniqlanib, qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, jinoyatni tashkil qilgan shaxs muqaddam benzin kontrabandasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun Bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs bo‘lgan.

Eʼtiborlisi, ushbu holatda musodara qilingan giyohvandlik vositalarining miqdori qariyb 95 kilogrammni tashkil etmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur miqdordagi “gashish” 700 yuz mingta isteʼmol dozasiga teng bo‘lib, uning noqonuniy muomalaga chiqarilishi aholi, ayniqsa yoshlar hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati, oxirgi isteʼmolchigacha yetib borgan taqdirda, 10 million AQSH dollaridan oshishi mumkin edi.
More from @customschannel
  1. Sep 29, 2026Post #74529
  2. Sep 29, 2026Bugun Qonunchilik palatasi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik…
  3. Sep 29, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan O‘zingizni topishning eng yaxshi yo‘li —…
  4. Sep 28, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxma…
  5. Sep 28, 20262031-yilda Oʻzbekiston mintaqa tarixida ilk bor BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va…
  6. Sep 28, 2026#Yengil_atletika Kunning yaxshi xabari! Yaponiyaning Nagoya shahrida davom etayotgan Aichi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →