TGViewer
Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати @andpress · 21.2K subscribers
Post #64016 2.31K
Bugun mamlakatimizda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz endi dunyoning eng kuchli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidladi.

Nufuzli universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlarning laboratoriya va jihozlarga sarflagan mablag‘i, shuningdek, brend uchun to‘lovining 50 foizigacha qismi qoplanadi. Kampus qurish xarajatining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi, sarmoya qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi.

Muhandislik, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, sun’iy intellekt hamda tibbiyot kabi iqtisodiyot uchun muhim sohalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarni eshitdi.

Uchrashuv yakunida Prezidentimiz
“Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir”,

– dedi hamda pedagoglarga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tilab, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

Facebook|Instagram|X
More from @andpress
  1. Oct 1, 2026Азиз ва муҳтарам устоз ва мураббийлар! Сизларни 1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни м…
  2. Sep 30, 2026Балиқчилик тармоғини ривожлантиришга бағишланган семинар Президентимизнинг 2026 йил 2 июлд…
  3. Sep 30, 2026Prezidentimiz oliygohlarda dual ta’limni yangicha yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish to‘g‘ri…
  4. Sep 30, 2026Oliygohlar xalqaro tan olinadigan, ilg‘or standartlarga asoslangan milliy ta’lim dasturlar…
  5. Sep 30, 2026Prezidentimiz rektorlar oliy ta’lim sifati, mazmuni va natijasi uchun shaxsan mas’uliyat o…
  6. Sep 30, 2026Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga ye…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →