TGViewer
Channel Public Channel
“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali

“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali

@ammofosmaxam_aj

Fosforli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yirik kimyo sanoat korxonasi.

Rasmiy veb-sayt:
www.ammofos-maxam.uz

Instagram: instagram.com/ammofos_maxam_aj/

+998 78 150 41 41
Subscribers
95
Photos
29
Videos
1
Links
7
Recent Posts 6 shown
Post #34 311
Korxona ishchi-xodimlari diqqatiga!

“Ammofos-Maxam” AJda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida kibersport musobaqalari 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

• Dota 2
• Counter-Strike 2 (CS2)
• FIFA (PlayStation platformasida)

Barcha qiziquvchi ishchi-xodimlarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • ❤ 2
Post #30 279
“Ammofos-Maxam” AJda mehnat muhofazasi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda korxona mas’ullari ishtirokida jamoatchilik asosida saylangan mehnat muhofazasi vakillari bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida korxonada xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek, ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik vakillarining vazifalari, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilishdagi o‘rni va mas’uliyati muhokama qilindi. Ishtirokchilar mavjud masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, mehnat muhofazasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • ❤ 1
Post #24 495
Ona tili — millat ruhi va milliy o‘zlik timsoli

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Ona tili — millat ruhi, milliy o‘zlik va ma’naviyat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Olmaliq shahridagi “Ipak yo‘li” innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari — falsafa fanlari doktori (DSc), professor Tashmetov Tuxtasin Xudayberganovich hamda filologiya fanlari doktori (DSc), professor Mirzaqulov Tursunali O‘tayevich ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi, boy imkoniyatlari, jozibadorligi hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Suhbat davomida davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga rioya qilish, imloviy savodxonlikni oshirish hamda ona tiliga hurmatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda korxona ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • 👍 1
Post #19 583
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida umummilliy diktant o‘tkazildi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida “Ammofos-Maxam” AJ mashinist-kotibalari ishtirokida “Ona tili — milliy o‘zlik va ma’naviyat timsoli” mavzusida diktant o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, imlo qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish hamda ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirishdan iborat.

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #18 82

Forwarded from O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali

#OAV_biz_haqimizda

“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

Batafsil O'zbekiston 24 radiosi efirida
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube
  • 👍 1
Post #12 712
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning imloviy savodxonligi hamda yozma nutq madaniyatini baholash maqsadida o‘tkazildi.

Diktant jarayonida korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • 🔥 3
Older posts →

About this channel

How can I read @ammofosmaxam_aj without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for “Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does “Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali have?
“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali (@ammofosmaxam_aj) has 95 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does “Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →