TGViewer
“Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali “Ammofos-Maxam” AJ | Rasmiy kanali @ammofosmaxam_aj · 95 subscribers
Post #30 280
“Ammofos-Maxam” AJda mehnat muhofazasi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda korxona mas’ullari ishtirokida jamoatchilik asosida saylangan mehnat muhofazasi vakillari bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida korxonada xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek, ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik vakillarining vazifalari, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilishdagi o‘rni va mas’uliyati muhokama qilindi. Ishtirokchilar mavjud masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, mehnat muhofazasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati

🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
  • ❤ 1
More from @ammofosmaxam_aj
  1. Oct 16, 2026Korxona ishchi-xodimlari diqqatiga! “Ammofos-Maxam” AJda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodi…
  2. Oct 16, 2026Ona tili — millat ruhi va milliy o‘zlik timsoli 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munos…
  3. Oct 14, 2026“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida umummilliy diktant o‘tkazildi 21-oktabr…
  4. Oct 14, 2026#OAV_biz_haqimizda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 2026–2027 yillar kuz-qish ma…
  5. Oct 13, 2026“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazild…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →