Ona tili — millat ruhi va milliy o‘zlik timsoli
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Ona tili — millat ruhi, milliy o‘zlik va ma’naviyat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Olmaliq shahridagi “Ipak yo‘li” innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari — falsafa fanlari doktori (DSc), professor Tashmetov Tuxtasin Xudayberganovich hamda filologiya fanlari doktori (DSc), professor Mirzaqulov Tursunali O‘tayevich ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi, boy imkoniyatlari, jozibadorligi hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Suhbat davomida davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga rioya qilish, imloviy savodxonlikni oshirish hamda ona tiliga hurmatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda korxona ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
😅 “Ammofos-Maxam” AJ
Matbuot xizmati
🌐veb-sayt 📱Telegram
📱Instagram
Post #24
496






- 👍 1