TGViewer
Allaev Uz Allaev Uz @allaevuzb · 11.3K subscribers
Post #7274 4.44K
Claude Opus 5.5 chiqqaniga 10 kuncha bo'ldi. Biznesda tahlil, strategiya, vazifa va loyiha jihatidan ko'p ishlataman.

Aynan biznes vazifalar tomonidan xulosa bersam, GPT 6 Astra va Opus 5.5 o'rtasida ajoyib farqlar bor.
GPT 6 Astra haqiqatdan kuchli, haqiqatdan boshqa daraja. U siz kutmagan nuqtani topib berishi, yangi rakursni ochib berishi, xayolingizga kelmagan, siz ko'zdan qochirgan tomonni chiqarishi, umuman boshqa sohadan muammongiz uchun yechim olib kelishi mumkin. Lekin, Opus 5.5 kutmaganingiz emas, kutganingizni qilishda eng zo'ri. Siz oson tahlil, raqamlar bilan ishlash, tavsiya, biror narsani tayyorlashni, ya'ni shunchaki buyruqni bersangiz, yetarli kontekst (ma'lumot) bersangiz, kutgan natijangizni olasiz.

Opus 5.5 alohida xodim bo'lganida, shubhasiz yaxshi ijro etadigan qobiliyatli xodim bo'lardi.

Bilaman, kontekst, qanaqa ishlatishiga qarab LLM hammada farq qiladi. Lekin, aynan bizni keysda ikkalasi shunaqa farq bilan ishlamoqda.
  • 👍 42
  • ❤ 5
More from @allaevuzb
  1. Oct 8, 2026Choy ichib turing. 🍵 Bugun hamkasblarimiz — Uzum Market jamoasi og‘ir kunni boshdan kechi…
  2. Oct 7, 2026Yarim kecha 12da Claudega prompt yozayotgan man:
  3. Oct 7, 2026Centrum Air билан бўлган ҳодиса бизнесда омма психологиясини тушунадиган яхши пиар менежер…
  4. Oct 6, 2026"Noldan" loyihasida turli xil mavzularda gaplashdik. Bolalik, mentalitet, o'zgarishlar, ur…
  5. Oct 4, 2026Yomg'ir mavsumini ham boshlab oldik. Issiq choy yoki kofe bilan kitob o'qishning ayni vaqt…
  6. Oct 3, 2026Uy sharoitida yasash bozordan xarid qilishdan qimmatga tushadigan har qanday buyumni hech…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →