TGViewer
Allaev Uz Allaev Uz @allaevuzb · 11.3K subscribers
Post #7278 4.47K
Uy sharoitida yasash bozordan xarid qilishdan qimmatga tushadigan har qanday buyumni hech qachon o‘zi yasashga urinmaslik – har bir oqil ro‘zg‘or tebratuvchisining oltin qoidasi. Tikuvchi o‘ziga poyabzal tikishga urinmaydi, balki uni etikdo‘zdan xarid qiladi. Etikdo‘z o‘ziga libos tikishga intilmay, tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi. Dehqon esa ikkalasiga ham urinmaydi, bu ikki ustaning xizmatidan foydalanadi. Ularning barchasi o‘zlarining bor mehnatini o‘zgalardan muayyan ustunlikka ega bo‘lgan sohasigagina yo‘naltirishni, shuningdek, o‘zlariga kerak bo‘lgan boshqa barcha narsalarni o‘z mehnat mahsuliga yoxud uning narxi evaziga xarid qilishni manfaatlari uchun eng oqilona yo‘l deb bilishadi.
Har qanday xonadon boshqaruvida oqilona sanalgan ish ulkan bir mamlakat miqyosida ahmoqlik bo‘lishi amrimahol. Agar biror xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan o‘zimiz tayyorlay oladiganimizdan arzonroq narxda ta’minlab bera olsa, ushbu tovarni o‘zimiz biroz ustunlikka ega bo‘lgan sohaga yo‘naltirilgan mehnatimiz mahsulining bir qismi
evaziga o‘sha mamlakatdan xarid qilganimiz ma’qul.


© Yaqin orada taqdim qilinadigan Adam Smitning "Xalqlar boyligi" kitobidan.
  • 👍 74
  • ❤ 18
  • 👎 2
More from @allaevuzb
  1. Oct 8, 2026Choy ichib turing. 🍵 Bugun hamkasblarimiz — Uzum Market jamoasi og‘ir kunni boshdan kechi…
  2. Oct 7, 2026Yarim kecha 12da Claudega prompt yozayotgan man:
  3. Oct 7, 2026Centrum Air билан бўлган ҳодиса бизнесда омма психологиясини тушунадиган яхши пиар менежер…
  4. Oct 6, 2026"Noldan" loyihasida turli xil mavzularda gaplashdik. Bolalik, mentalitet, o'zgarishlar, ur…
  5. Oct 4, 2026Yomg'ir mavsumini ham boshlab oldik. Issiq choy yoki kofe bilan kitob o'qishning ayni vaqt…
  6. Oct 2, 2026Аргентина паспортини 350 минг долларга олиш мумкин бўлади. Хавер Милей Аргентинада инвести…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →