TGViewer
Allaev Uz Allaev Uz @allaevuzb · 11.3K subscribers
Post #7268 5.51K
12-dekabrdan onlayn savdo uchun alohida bank hisobvarag‘i majburiy bo‘ladi ekan.

10-sentabrda imzolangan O‘RQ-1173 qonuniga ko‘ra, elektron savdodagi sotuvchi yuridik shaxslar va YTTlar onlayn savdo hisob-kitoblarini faqat alohida bank hisobvarag‘i orqali yuritishi kerak. Yanada soddaroq aytsa, maxsus hisob-raqami ochilib, online sotuvdan keladigan pul o'sha hisob-raqamidan aylanishi kerak. Bitta kompaniya ham online, ham do'konlar orqali, ham distributsiya sotuv qilsa, online sotuvlarning hisob-raqami alohida bo'lishi zarur.

Yana bir muhim talab: ommaviy ofertada tovarni qaytarish va pulni qaytarish tartibi aniq ko‘rsatilishi shart.

Bu norma faqat marketpleyslarga emas, internet orqali savdo qiladigan kompaniyalarga ham tatbiq etilishi mumkin.

Qo'llanmani kutib turimmiz, lekin internet-do'kon sifatida Asaxiy ham online to'lovlarni alohida bir bank hisob raqamiga birlashtirishga majbur bo'ladi.

Offline savdolar bo'lsa odatdagi rejimda ishlashda davom etadi.

Qonun xorijiy marketpleys sotuvchilarining soliqqa tortilishini ham kuchaytiradi.

Aniqroq detallarni kutib qolamiz.

Qonun 12-dekabrdan kuchga kiradi.
  • ❤ 15
  • 👍 13
  • 👎 13
  • 😁 2
More from @allaevuzb
  1. Oct 8, 2026Choy ichib turing. 🍵 Bugun hamkasblarimiz — Uzum Market jamoasi og‘ir kunni boshdan kechi…
  2. Oct 7, 2026Yarim kecha 12da Claudega prompt yozayotgan man:
  3. Oct 7, 2026Centrum Air билан бўлган ҳодиса бизнесда омма психологиясини тушунадиган яхши пиар менежер…
  4. Oct 6, 2026"Noldan" loyihasida turli xil mavzularda gaplashdik. Bolalik, mentalitet, o'zgarishlar, ur…
  5. Oct 4, 2026Yomg'ir mavsumini ham boshlab oldik. Issiq choy yoki kofe bilan kitob o'qishning ayni vaqt…
  6. Oct 3, 2026Uy sharoitida yasash bozordan xarid qilishdan qimmatga tushadigan har qanday buyumni hech…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →