Tez orada Asaxiyda 20 000 xildan ortiq kitob bo'ladi. Bu O'zbekistondagi eng katta kitob katalogi. Aniqlik kiritaman: gap bitta kitobning turli kontragentlardan takrorlanishi haqida emas, aynan 20 000 xil nom haqida.
Bunga erishish uchun avval omborni tartibga solyapmiz. Hozir ombor boshqaruvi jarayonlarini, dasturiy ta'minotni va ish standartlarini qaytadan quryapmiz. Asosiy vazifa esa har bir mahsulotni mikroskopik aniqlikda boshqarish.
Natijada kerakli mahsulotni kerakli miqdorda saqlaymiz, buyurtmalarni esa tezroq va xatosiz chiqaramiz.
Bu ishning yana bir sababi bor. Hozir hajmi 5 marta katta yangi ombor tayyorlanyapti. U yerga eski muammolarni olib o'tmoqchi emasmiz. Bu Asaxiy rivojidagi keyingi katta qadam bo'ladi.
Butun jarayonni tashqi kompaniyalarsiz, o'z jamoamiz kuchi bilan amalga oshiryapmiz. Natijalari haqida shu yerda yozib boraman.
Post #7267
6.01K
- 👍 153
- ❤ 35