Assalomu alaykumHafta davomida har kuni 12-14 soat ishlayman.
DOMO loyihamizni qurish bilan bir qatorda jamoaviy o‘sish, O‘zbekistondagi boshqa Asoschilarga ko‘maklashish, ota-onalarga farzandlarining bilim va tarbiyasi, mutaxassislik yo‘lini topishida yordam berish, tadbirkorlarga bizneslarini rivojlantirishda AI Agentlar bilan ko‘maklashish va yana bir necha o‘nlab faoliyat va sohalarga ulguraman.
Qizig‘i, bularning barchasi menga
DOMO startapimni rivojlantirishga yordam beradi.
“Qayerdan bunaqa g‘oyalarni topyapsizlar?”, “Qanday qilib bunaqa tez o‘sish mumkin?”
kabi savollarga javobim bitta:
Xalq va bozor markazida bo‘ling. Kerakli bo‘ling. Foydangiz tegsin.Siz kimgadir bilim berasiz, kimningdir muammosini hal qilasiz, yana kimningdir yo‘lini ochishga yordam berasiz. Va bir kun kelib, bularning barchasi sizga boshqa shaklda qaytadi.
Yangi g‘oya bo‘lib, kerakli inson bo‘lib, kutilmagan imkoniyat bo‘lib.Men buni shunchaki motivatsion gap sifatida emas,
DOMO qurayotgan Asoschi sifatida kundalik hayotimda ko‘rib kelyapman.
Bozor faqat pul to‘laydigan mijozlardan iborat emas. Bozor bu siz bilan birga yashayotgan, sizga ishonayotgan, sizning harakatlaringizni kuzatayotgan millionlab insonlar.
Ularga qiymat bering. Ularning muammolarini o‘rganing. Kerakli bo‘ling. Qolganini bozorning o‘zi qaytaradi.
P.S. O‘tgan hafta 4 marta TV ko‘rsatuvlariga chaqirishdi. Ko‘rsatuvlarni ko‘rganlar turli xil skrinshotlar yuborishmoqda,
DOMO bo‘yicha savollar va takliflar bilan chiqishmoqda.
P.S.S. O‘tgan hafta Bunyodkor stadionining chiroqlarini birga yoqamiz deb yordam aksiyasini qildik va 9 milliondan ortiq odamga
DOMO brendini yetkazdik.
Siz foydali bo‘lishni boshlang. Imkoniyatlar qayerdan kelishini oldindan bilmaysiz.