TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Sherzod Shermatov

Sherzod Shermatov

@shshermatov

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov
Instagram: https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov
Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/
Telefon: +998 71 2384107
Subscribers
8.46K
Photos
406
Videos
291
Links
459
Recent Posts 20 shown
Post #842 6.85K
Please share the video from today's ICT Week opening ceremony to invite more of your partners to explore opportunities in Uzbekistan - the Land of Startups!

More about startups: startupbase.uz
More about ICT Week: www.ictweek.uz

#Uzbekistan #Land_of_Startups
Post #841 5.34K
Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!

Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.

Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda. O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing! 

Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.


📍CAEx Uzbekistan
🗓 22–25-sentabr.

🤩Ro‘yxatdan o‘ting

🚍 CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali
Post #840 16.9K
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years.

It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important: young creative talent - hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.

The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.

📅 22–25 September | 📍 CAEx, Tashkent 👉 Register: ictweek.uz

#ICTWeek2026 #Uzbekistan #Tashkent #IT #Technology
Post #839 10.9K
Kelajak texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqidot ishlarini qilmoqchi bo‘lsangiz, Siz bizga keraksiz!

Hurmatli Prezidentimiz Nurafshon shahriga tashrifda Kelajak texnologiyalari markazi loyihasini boshlashga start bergandilar: https://t.me/shmirziyoyev/34748

Ushbu Markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun hozirdan bu sohadagi ilg‘or kompaniyamizda R&D markazini ishga tushirib, muhandislarni ishga taklif qilayapmiz.

Marhamat, Siz ham ariza topshiring, batafsil: https://t.me/uniconsoft/1848
Telegram Shavkat Mirziyoyev_press-service Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishib, Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa obyektlar qurilishiga start berdi. — В городе Нурафшане Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью…
Post #838 8.79K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Mustaqillik35 #Uzb35
Post #837 13.5K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

📌O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz.

Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi.

Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.

🌐Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi — so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik.

Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatlarda turish shart emas — qariyb 900 ta xizmatni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.

📌150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning 90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda. Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.

Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

➡️20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda.

NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi.

⏩O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan, mamlakat hududlarida ham IT Park rezidentiga aylanmoqda.

Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi.

🟣O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi.

Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi.

AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.

⚪️"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir.

Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi: AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi.

Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi.

Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi.

Bayram muborak!
Post #836 2.88K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #833 10.8K
Kecha Ozarbayjonlik mehmonlarimiz uchun tayyorlangan rolikni rus tilida so‘zlashuvchi tanishlaringizga tarqatsangiz, O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida kengroq fikrga ega bo‘lishadi.

-----

Распространяйте ролик среди знакомых и друзей, чтобы у них тоже было представление об изменениях в последние годы в Узбекистане в нашей сфере. Мы поможем развитию их бизнеса.

Более подробно:
- по открытию или релокации компаний: outsource.gov.uz
- по развитию стартапов: startupbase.uz

#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
Post #832 14.5K
Янги тарих яратилмоқда. Ҳурматли Президентимиз томонларидан Enterprise Uzbekistan Рақамли технологиялар халқаро маркази тўғрисидаги Конституцион қонун Тадбиркорлар куни арафасида имзоланди!

Ушбу ҳудудда рўйхатдан ўтган тадбиркорларга 2100 йилгача халқаро талабларга жавоб берадиган махсус ҳуқуқий режим яратилади, яъни Конституцион қонун рақамли технологиялар соҳасидаги асосан экспортчи тадбиркорлар учун қулай, ўзгармас, ишончли қонуний муҳитни таъминлашга ёрдам беради.

Барча чет эллик ҳамкорларингизни ҳам Ўзбекистонга таклиф этинг! Энди ўз хизматлари ва маҳсулотларини экспорт қилиш орқали ишчи ўринларини яратувчиларга нафақат солиқ томонидан қўшимча қулайликлар, балки халқаро ҳуқуқ томонидан ҳам имкониятлар кенгайди!

Батафсил: https://enterprise.gov.uz

#Mustaqillik35 #Uzb35 #EnterpriseUzbekistan
Post #831 12K
For the first time in history, International Olympiad in Informatics is in Uzbekistan, in the land known for coining the terms “algebra” and “algorithm”!

On August 10, Tashkent hosted the Grand Opening Ceremony of the 38th International Olympiad in Informatics.

Hosting IOI 2026 stands as a direct testament to President Shavkat Mirziyoyev’s comprehensive policy on digital transformation.

This year sets a historic record, uniting 386 contestants from over 97 countries, with total attendance exceeding 900 participants.

Inspiring addresses were delivered by the IOI President Sun Teck Tan and Gennady Korotkevich, the most successful competitor in the history of the IOI.

Highlighting the global tech community's support for young talent, Telegram established a dedicated prize fund for the tournament's winners. Hosting this global event in Uzbekistan holds deep historic symbolism, taking place in the homeland of Al-Khwarizmi, father of algebra, who inspired the concept of algorithms.

As the host nation, Uzbekistan is represented by two national teams of eight selected finalists.

Beyond nurturing local talent and expanding the IT sector, this landmark forum drives international tourism and elevates Uzbekistan's global standing.

The competition rounds have officially kicked off. Follow our channels for live updates.

Welcome to IOI 2026 Uzbekistan!

#IOI2026
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35 
Post #830 8.55K
From the Silk Road to Space. The Launch of the Satellite “Samarkand-2028”

Today, for the first time among the cities of Central Asia, the name of Samarkand has reached space. The name of Samarkand is now traveling in orbit.

The Samarkand-2028 satellite, developed by China’s STAR.VISION with contribution of Uzbekistan’s national space agency, Uzbekkosmos, was successfully launched on August 5, 2026, from Haiyang, China.

Samarkand-2028 is the first satellite in history to be named after a Central Asian city. It is also the largest international space project in Uzbekistan’s history.

For the first time, an AI module built entirely by Uzbek engineers is operating on board, processing satellite data directly in orbit before it is transmitted to Earth.

This enables faster results, reduces the volume of data that needs to be transmitted, and makes analysis on the ground more efficient. The satellite will support agriculture, water management, environmental monitoring, disaster response, and urban development.

The name Samarkand-2028 is no coincidence. Samarkand earned the right to host the 2028 International Astronautical Congress, marking the first time in history that the world’s largest space congress will be held in Central Asia.

The satellite also pays tribute to Samarkand’s remarkable scientific heritage—the city where the great astronomer Ulugh Beg built one of the world’s most advanced observatories of its time.

The successful launch of Samarkand-2028 reflects Uzbekistan’s growing international role and the vision of President Shavkat Mirziyoyev to strengthen the country’s global standing through openness, reform, scientific progress, and international cooperation.

A historic center of science. A rising space nation.

PS. We sincerely express our appreciation for all partners and team members who made this happen!

#IAC2028 #UzSpace #Samarkand
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35 
Post #829 9.5K
Бугун тарихий воқеа рўй берди: Марказий Осиё шаҳарлари орасида илк бор Самарқанд номи космосга кўтарилди

Олти аср аввал Мирзо Улуғбек Самарқандни илм-фан ва астрономиянинг йирик марказига айлантирган эди. Бугун эса шу заминдан илҳом олган янги авлод Президентимизнинг қўллаб-қувватлашлари билан космос сари яна бир тарихий қадам ташламоқда.

“Samarkand-2028” — Марказий Осиё шаҳри номи билан аталган тарихдаги илк сунъий йўлдош ва Ўзбекистоннинг энг йирик халқаро космик лойиҳасидир.

“Samarkand-2028” сунъий йўлдоши “O‘zbekkosmos” агентлиги иштирокида яратилди ва 2026 йил 5 август куни Хитойнинг Хайянг космодромидан муваффақиятли учирилди.

Илк бор ўзбекистонлик мутахассислар яратган сунъий интеллект модули “Samarkand-2028” бортига ўрнатилди. У маълумотларни орбитадаёқ қайта ишлаб, Ерга энг муҳим натижаларни узатади.

Бу эса маълумотларни тезроқ олиш ва таҳлил самарадорлигини ошириш имконини беради.

“Samarkand-2028” қишлоқ хўжалиги, сув ресурслари, атроф-муҳит мониторинги, табиий офатларни барвақт аниқлаш ва шаҳарлар инфратузилмасини ривожлантиришга хизмат қилади.

Бу ном бежиз танланмаган. Самарқанд 2028 йилги Халқаро астронавтика конгрессига мезбонлик ҳуқуқини қўлга киритди. Бу нуфузли космик анжуман илк бор Марказий Осиёда ўтказилишини англатади.

“Samarkand-2028”нинг муваффақиятли парвози Ўзбекистоннинг илм-фан, инновациялар ва халқаро ҳамкорликда янги босқичга кўтарилаётганини кўрсатади. Бу мамлакатимизнинг жаҳон космик ҳамжамиятида муносиб ўрин сари муҳим қадамдир.

#IAC2028 #UzSpace #Samarkand
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
Post #828 12K
Yaxshi xabar: Qoraqalpog‘istonlik Beknazarning yangi Startapi Y Combinatorda namoyish qilindi: https://www.linkedin.com/posts/y-combinator_speko-is-a-router-for-voice-models-one-api-activity-7488310498296348685-h9xA

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hurmatli Prezidentimiz yangi IT Park binosida Beknazar Abdikamalovning METAning Osiyodagi birinchi investitsiyasi sifatida Forbes jurnalida yoritilgan Startapi haqida eshitib, unga kelgusi faoliyatida omad tilagan edilar.

Mana, ko‘z tegmasin, Beknazar o‘zining Sun’iy Intellekt asosidagi yangi startapini Y Combinatorga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning kelgusi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz!

Siz ham Beknazar kabi dunyo bozoriga chiqadigan startap ustida ishlang! Katta bozordan daromad olish, back office va ishchi o’rinlarni esa O‘zbekistondan qilish kerak.

Startupbase.uz orqali startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalaning!
Post #827 9.04K
Uzbekistan’s Economic Rise: reforms are paying off

Thanks to the visionary leadership and political will to transform the country by H.E. President Shavkat Mirziyoyev, Uzbekistan has surpassed 19 economies since 2018, which can be shown as a vivid example of how fast Uzbekistan is developing.

This progress has been driven by a consistent reform agenda: opening the economy, improving the investment climate, strengthening the private sector, and laying the foundations for long-term, sustainable growth through the development of Human Capital. An important part of this growth has been our commitment to digital transformation and the rapid development of Uzbekistan’s IT sector as a strategic driver of innovation, productivity, and economic diversification.

Our journey is far from over. But these results demonstrate that consistent, long-term reforms deliver tangible outcomes. As Uzbekistan continues its transformation, our economic and digital ambitions will remain closely connected, creating new opportunities for businesses, investors, and citizens alike.

Be the part of this process: outsource.gov.uz startapbase.uz

PS. All the data used in the graph is from the World Bank.

#Uzbekistan #DigitalUzbekistan #EconomicGrowth #WorldBank #Reforms
#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
Post #826 7.48K
2018-2025 yillarda O’zbekiston 19 davlatdan o‘zib ketdi!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimiz Yalpi Ichki Mahsulotini (GDP) oshirish uchun qilingan sa’y-harakatlarni natijasini oddiy shu faktni o‘zida yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.

Barcha davlatlar rivojlanishga va Yalpi Ichki Mahsulotini oshirishga harakat qiladi, lekin ko‘z tegmasin O‘zbekiston juda ko‘p boshqa davlatlardan tezroq rivojlanmoqda.

PS. Barcha ma’lumotlar Jahon Banki saytidan olingan.

#Mustaqillik35 #Uzb35
Post #825 3.63K

Forwarded from Digital.uz

#XalqPrezidenti #Xalqyetakchisi

Har bir yangi g‘oya – taraqqiyot sari qadam.
Har bir raqamli yechim – inson manfaati uchun xizmat.
Har bir islohot – Yangi O‘zbekiston kelajagiga investitsiya


Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar barcha sohalarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

🧑‍💻 Davlat boshqaruvini takomillashtirish, aholiga qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, AT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom etmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning huquqiy va institutsional asoslari mustahkamlandi, elektron davlat xizmatlari kengaydi, IT Park ekotizimi jadal rivojlandi, dasturiy mahsulotlar eksporti sezilarli darajada oshdi, xalqaro AT-kompaniyalar faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki keng mintaqada raqamli innovatsiyalar va texnologiyalar markazlaridan biriga aylanish yo‘lidan izchil odimlamoqda.

➡️ Mazkur islohotlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofi ham tobora ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlangan davlat sifatida e’tirof etildi.

💬Bu kabi o‘zgarishlar zamirida raqamli taraqqiyotni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbus va qarorlari muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz Rahbarining aynan shu strategik yondashuvi natijasida raqamli texnologiyalar inson manfaatiga xizmat qiladigan, davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan samarali tizimga aylanib bormoqda.


Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

📌Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan hurmatli Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagini barpo etish yo‘lidagi ezgu islohotlar va tashabbuslar izchil davom etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #824 6.12K
One more reason why you should choose Uzbekistan to grow your business with us: Tashkent is becoming the Startup Capital of Central Asia!

In 2026, Uzbekistan made history. Named "Country of the Year" by StartupBlink and ranked 79th globally, it is the world’s fastest-growing startup ecosystem, recording a staggering 227% growth.

At the center of this transformation stands Tashkent — the undisputed startup capital of Central Asia. Backed by StartupBlink, Tashkent surged 121 positions to rank 229th globally, claiming the region's No. 1 spot with 155.7% growth. Driving nationwide expansion, Samarkand and Fergana have also entered the global top 1,000 for the first time.

Scale your business with IT Park Uzbekistan — the ecosystem is ready. Join today at startupbase.uz

PS. The best time to visit is on September 22-25, 2026 during ICT Week Uzbekistan: www.ictweek.uz

#Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
Post #823 12.3K
Toshkent Markaziy Osiyoning startap poytaxtiga aylanmoqda!

Reytingda ko’rsatilgan Markaziy Osiyodagi 13 ta shahardan 10 tasi aynan O’zbekistonniki ekanligi startap ekotizimi nafaqat poytaxtda, balki barcha hududlarda ham tez o’sayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun ham O'zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi.

Toshkent StartupBlink reytingida 121 pog'onaga yuqorilab, 229-o'rinni egalladi. 155,7% lik o'sish bilan mintaqada 1-o'rinni egalladi va Markaziy Osiyoda yetakchi startap markazi ekanligini yana bir bor isbotladi.

Yoshlar, endi navbat sizda! Ushbu natijalar ortida minglab yosh tadbirkorlarning mehnati turibdi - va siz ham ular qatoriga qo'shilishingiz mumkin. "President Tech Awards" va "President AI Award" doirasida ajratilgan 6 million dollarlik mablag'dan foydalaning: https://awards.gov.uz

Biznesingizni "IT Park Uzbekistan" bilan birga kengaytiring - ekotizim tayyor. Bugunoq Startapbase.uz orqali bizga qo'shiling!

#Mustaqillik35 #Uzb35
Older posts →

About this channel

How can I read @shshermatov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sherzod Shermatov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sherzod Shermatov have?
Sherzod Shermatov (@shshermatov) has 8.46K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sherzod Shermatov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →