O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.
Davlatimiz rahbari kecha hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishdi, yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.
Bugun Prezidentimiz raisligida Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
@yangidavr_rasmiy