AgroExpo Uzbekistan 2026: ko‘rgazma oldidan yangi tashabbuslar maydonga chiqmoqda
🇺🇿 Joriy yilning 25-27 noyabr kunlari poytaxtimizda o‘tkaziladigan “AgroExpo Uzbekistan 2026” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi oldidan agrar tarmoq vakillari, hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
📄 Norasmiy va samimiy muhitda kechgan uchrashuvda “AgroExpo Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi, tadbirlar dasturi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
ℹ️Muloqot davomida ko‘rgazmaning asosiy maqsadi faqat zamonaviy texnika va texnologiyalarni namoyish etish bilan cheklanib qolmasligi, balki ishlab chiqaruvchi va xaridor, fermer va investor, mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yangi aloqalarni shakllantiradigan amaliy platforma bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
✍️ Shu nuqtayi nazardan, xalqaro ishtirokni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini namoyish etish, B2B uchrashuvlar, sohaviy sessiyalar va biznes muloqotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.
🤩 Uchrashuvda, shuningdek, bugungi agrar tarmoq uchun tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan barqaror qishloq xo‘jaligi, ESG tamoyillari, resurslardan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlar kabi yo‘nalishlarni ko‘rgazma dasturida kengroq yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Milliy fermerlar forumi, naslli chorva hayvonlari auksioni hamda turli sohaviy sessiyalar yuzasidan ham fikr almashilib, ularni mazmunan boyitish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi. Tadbir so‘ngida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, ko‘rgazmaning yakuniy dasturini shakllantirishga kelishib olindi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Post #746
113






