TGViewer
AgroExpo Uzbekistan AgroExpo Uzbekistan @agroexpouz · 467 subscribers
Post #764 127
Zarpechakka qarshi kurashda e’tibor va tezkorlik muhim

Dalalarda hosil bilan birga turli begona o‘tlar ham uchraydi. Shulardan biri — zarpechak. U qisqa vaqt ichida ekinlarga yopishib, ularning oziqa moddalarini o‘zlashtiradi va o‘sishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Xo‘sh, zarpechak aniqlangan maydonda qanday yo‘l tutish kerak?

Avvalo, kuchli zararlangan ekinlarni chopib tashlash va yo‘q qilish zarur. Bunda zarpechakning boshqa maydonlarga tarqalib ketishining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ammo kurash faqat bir martalik tadbir bilan yakunlanmaydi. Ishlov berilgan maydonlar muntazam nazorat qilib borilishi kerak. Chunki dalada qolib ketgan zarpechakning kichik bir qismi ham qayta tarqalishi mumkin.

Shuning uchun dalada zarpechakni ko‘rdingizmi — vaqtni boy bermang, uni darhol olib tashlang! Erta aniqlash va o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar ekinlarni zarpechakning zararidan asrashda muhim ahamiyatga ega.

Zarpechak bilan kurashda eng asosiy qoida — e’tibor, tezkorlik va doimiy nazorat!

👉Kanalga obuna bo'ling: @agroexpouz

🌐Website|😀Instagram|🌐Facebook
More from @agroexpouz
  1. Oct 12, 2026GAUGELE kompaniyasini AgroExpo Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida ishtirokchi sifatida mamnuniy…
  2. Oct 6, 2026🐄🌡 MOLINGIZNING ISSIG‘I KO‘TARILSA, NIMA QILISH KERAK? Chorva mollarida tana haroratinin…
  3. Oct 6, 2026✨AgroExpo Uzbekistan / Agrotech Expo 2026 ko'rgazmasini o'tkazib yubormang 🚜Qishloq xo‘ja…
  4. Oct 3, 2026🔥 Pomidor zang kanasiga qarshi samarali kurash usuli ☮️ Pomidor zang kanasi ta’sirida pom…
  5. Oct 1, 2026🐄 🐑 🐓 NASLLI QORAMOLLAR, QO‘YLAR VA PARRANDALAR KO‘RGAZMASI — TOMOSHA QILING, TANLANG V…
  6. Sep 29, 2026✨AgroExpo Uzbekistan / Agrotech Expo 2026 ko'rgazmasini o'tkazib yubormang 🚜Qishloq xo‘ja…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →