🔥 Pomidor zang kanasiga qarshi samarali kurash usuli
☮️ Pomidor zang kanasi ta’sirida pomidorning sifati va oldingi ko‘rinishi yo‘qoladi, qisman chiriy boshlaydi. ❗️ Qattiq zararlangan o‘simlik hosili 100% nobud bo‘ladi. 🌡 Ayniqsa iyul-avgust oylarida pomidor va kechki kartoshka ko‘p zararlanadi.
🌱 Pomidor zang kanasi asosan pomidor va kartoshkada tez rivojlanadi.
➡️ Undan keyingi o‘rinlarni qora va qizil ituzum, qo‘ypechak va baqlajon egallaydi.
🍃 Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tomonini zararlashi mumkin.
⬆️ U asta-sekin yuqoriga tarqab ketadi.
🟤 Zararlangan novda qo‘ng‘ir tusga ega bo‘lib silliqlashadi,
🟡 barglarida esa sariq dog‘lar paydo bo‘lib, umumiy tusi qo‘ng‘ir bo‘la boshlaydi.
💊 Zararkunandaga qarshi kimyoviy vositalar:
🧪 Oltingugurt kukuni (15 kg/ga)
🧪 Karate (0,3 l/ga)
🧪 Talstar (0,5 l/ga)
🧪 Neoron (1 l/ga)
🧪 Mitak (2 l/ga)
🧪 Omayt (1,5 l/ga)
👉Kanalga obuna bo'ling: @agroexpouz
🌐Website|😀Instagram|🌐Facebook
Post #766
134