TGViewer
Agrobank Matbuot xizmati Agrobank Matbuot xizmati @agrobankpress · 14.5K subscribers
Post #5822 2.75K

Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol

Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z jamoasiga:

“Yana 50-100 yildan so’ng avlodlar sizlarga rahmat aytishi kerak”.

Ko‘chalar va yo‘llar ravon bo‘lishi, odamlarning dam olishi, nafas rostlashi uchun yashil hududlar va barcha zarur sharoitlar yaratilishi kerak. Buning uchun hamma narsani puxta o‘ylab, joy-joyiga qo‘yishimiz lozim.

Har oy viloyat hokimlari besh kun davomida Yangi Toshkentda bo‘lib, loyiha ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi.

Bu — Yangi O‘zbekiston, bu — tarix. Yana bir marta aytaman: 50–100 yildan keyin avlodlarimiz: “Otalarimizga rahmat, shunday joy yaratib ketishgan ekan. Biz bugun erkin, xavfsiz va yashil makonda farzandlarimizni tarbiyalayapmiz. Ular maktabga, oliy ta’lim muassasalariga boryapti. Eng zamonaviy shifoxonalarda davolanish imkoniyatiga ega”, deb faxr bilan aytishi kerak.

Shu bois viloyat hokimlari Yangi Toshkent loyihasiga faol hissa qo‘shishi zarur. Yirik ko‘chalarga viloyatlar nomini berish, o‘ziga xos mahallalar tashkil etish orqali har bir hududning bu shaharda o‘z o‘rni bo‘lishi kerak.

Tasavvur qiling, Qashqadaryodan kelgan oddiy bir dehqon Toshkentda o‘z uyiga, o‘z mahallasiga ega bo‘lib, “Mana, bizning ham Toshkentda uyimiz bor, Qashqadaryo mahallasida yashaymiz”, desa — bu naqadar yaxshi bo‘ladi!
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👏 1
More from @agrobankpress
  1. Oct 17, 2026🇺🇿🤝🇫🇷Agrobank mijozlari — SIAL Paris 2026 xalqaro ko‘rgazmasida! 📍 Bugun Fransiya po…
  2. Oct 17, 2026“Irodali insonlar”ning navbatdagi sonida Manzura opaning hayot yo‘li va Agrobank ko‘magida…
  3. Oct 17, 2026📣 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! 🇺🇿 Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jalig…
  4. Oct 16, 2026Kitoblar olamiga sayohat, qiziqarli bellashuvlar va bayram shukuhi! 🇺🇿 O‘zbek tili bayra…
  5. Oct 15, 2026Qishloq ayollari — mehnat, tashabbus va muvaffaqiyat timsoli! 15-oktabr — Xalqaro qishloq…
  6. Oct 15, 2026Xalqaro qishloq ayollari kuni muborak bo‘lsin! 🕊Aziz va mo‘tabar qishloq ayollari! 🌷Bugu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →