Kitoblar olamiga sayohat, qiziqarli bellashuvlar va bayram shukuhi!
🇺🇿 O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Agrobank Bosh ofisi hududida barchani birlashtiradigan katta kitob yarmarkasi va madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda.
📖 Kitob ixlosmandlariga ajoyib imkoniyat! Yarmarkada turli janrdagi sara kitoblarni 50 foizgacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
✍️ Sevimli adiblaringiz bilan yuzma-yuz uchrashishni istaysizmi? Tadbir davomida kitob mualliflari bilan bevosita suhbatlashish, ularning ijodi bilan yaqindan tanishish hamda kitoblarni mualliflarning o‘z qo‘lidan dastxat bilan olish imkoniyati ham yaratiladi.
🎯 Bayram dasturidan ona tilimiz va adabiyotimizga bag‘ishlangan noodatiy bellashuvlar, qiziqarli interaktiv o‘yinlar hamda ishtirokchilar uchun kutilmagan sovg'alar ham o‘rin olgan.
✨ Sizni qanday qiziqarli o'yinlar va sovg‘alar kutmoqda? Buni tadbir davomida bilib olasiz!
📆 20-oktabr, 2026-yil |
Soat 16:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, B.Zokirov ko'chasi, 2A.
📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
Post #5830
2.21K

- 👏 8
- 👍 4
- 🔥 3