TGViewer
Agrobank Matbuot xizmati Agrobank Matbuot xizmati @agrobankpress · 14.5K subscribers
Post #5833 953
🇺🇿🤝🇫🇷Agrobank mijozlari — SIAL Paris 2026 xalqaro ko‘rgazmasida!

📍 Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida oziq-ovqat sanoatining dunyodagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalaridan biri — SIAL Paris 2026 o‘z ishini boshladi.

🌍 Mazkur nufuzli tadbirda 200 dan ortiq davlatdan 8 mingga yaqin kompaniya va qariyb 300 ming nafar soha mutaxassisi ishtirok etmoqda.

📗 Agrobank o‘z mijozlarining xalqaro bozorlarga chiqishi, eksport salohiyatini kengaytirishi va xorijiy hamkorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ko‘rgazmadagi ishtirokiga ko‘maklashmoqda.

🍏 Xususan, Baxmal Agro Star va Uzun Agro Star kompaniyalari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar xalqaro xaridorlarga namoyish etilmoqda.

🤝 Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlarini jahon bozorida tanitish, yangi hamkorlar topish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

📆 SIAL Paris 2026 ko‘rgazmasi 17–21-oktabr kunlari Paris Nord Villepinte ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.

#Agrobank #SIALParis2026 #Eksport #MadeInUzbekistan

📱 Instagram 📱 Facebook 🖥Sayt
  • 👍 8
  • 🔥 3
  • 🤝 2
  • ❤ 1
More from @agrobankpress
  1. Oct 17, 2026“Irodali insonlar”ning navbatdagi sonida Manzura opaning hayot yo‘li va Agrobank ko‘magida…
  2. Oct 17, 2026📣 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! 🇺🇿 Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jalig…
  3. Oct 16, 2026Kitoblar olamiga sayohat, qiziqarli bellashuvlar va bayram shukuhi! 🇺🇿 O‘zbek tili bayra…
  4. Oct 15, 2026Qishloq ayollari — mehnat, tashabbus va muvaffaqiyat timsoli! 15-oktabr — Xalqaro qishloq…
  5. Oct 15, 2026Xalqaro qishloq ayollari kuni muborak bo‘lsin! 🕊Aziz va mo‘tabar qishloq ayollari! 🌷Bugu…
  6. Oct 14, 2026#Mening_tomorqam|14.10.2026 mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →